Hakerlar Saudiya Arabistoni neft kompaniyasi Saudi Aramco’ga tegişli ma'lumotlarni öçirib taşlaş uçun kompaniyadan kriptovalutada 50 mln dollar talab qilişdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.

Kompaniya sizib çiqiş oqibatida hakerlar qöliga tuşgan ma'lumotlar öziga tegişli ekanini tasdiqlagan. Uşbu ma'lumotlar pudratçi firmalardan birida saqlangan. Kompaniya ma'lumotlar sizib çiqqani haqida yaqinda xabar topgan.

“Ma'lumotlar sizib çiqişi xavfsizlik tizimimizdagi zaif joy sababli yuz bermagan. U kompaniya faoliyatiga ta'sir körsatmagan”, deb ma'lum qilingan kompaniyada.

AP’ning xabar berişiça, kompaniya xodimlari darknetda öğirlangan ma'lumotlar joylaştirilgan saytni topişga muvaffaq bölişgan. Hakerlar qöliga tuşgan ma'lumotlar hajmi 1 terabaytga yaqinni taşkil qiladi. Saytning özida hakerlar ma'lumotlar töliq öçirilişi uçun 50 mln dollar talab qilişgan.

Hakerlik hujumi ortida kim turgani noma'lum.

Ta'kidlanişiça, Saudi Aramco birinçi marta kiberhujumlar nişoniga aylanmayapti. 2012 yilda kompaniyaning kompyuter tarmoği virus hujumiga uçragan. Zararli dastur qattiq disklarda saqlangan ma'lumotlarni öçirib taşlagan, kompyuterlar ekraniga esa yonayotgan AQŞ bayroği çiqarilgan. Öşanda kompaniya butun tarmoqni ma'lum muddatga öçirişiga va 30 mingtaga yaqin kompyuterni yöq qilişiga töğri kelgan.