UzbekLife’ning navbatdagi suhbatdoşi Yaponiyadagi nufuzli NEC Corporation kompaniyasida mehnat faoliyatini olib borayotgan Jörabek Hasanov. Suhbatimiz Yaponiya ta’lim tizimi, migrantlarga yaratilgan imkoniyatlar va şu kabi boşqa mavzularda keçdi.

Özbekistondan Yaponiyaga yöl

Samarqand viloyati Toyloq tumanida tuğilib ösganman. Tumandagi

23 maktabda ta’lim oldim. Söng kollejda “Gidlik” yönalişi böyiça öqiganman. Kollejni tugatgandan keyin 1 yil davomida sayyohlarga yapon tilidan gidlik qildim. Aynan uşbu faoliyat jarayonida oliy ta’limni Yaponiyada oliş istagi paydo böldi.

Ham yapon, ham ingliz tilini mukammal biliş zarur

Yaponiyaga kelganimga 11 yil böldi. Yaponiyada xorijliklar xalqaro kompaniyalarga işga kirişi uçun yapon tilini juda yaxşi bilişlari kerak. Ya’ni siz yapon tilini mahalliy yaponlar bilan deyarli bir xil darajada bilişingiz zarur. Çunki, iş jarayonida barça hujjatlar, kompyuter işlari yapon tilida olib boriladi. Undan taşqari, ingliz tilini biliş ham lozim. IELTS darajangiz 7-8 bölmasa, sizni işga qabul qilişmaydi. Xalqaro kompaniyalarda faqat yapon yoki ingliz tilini biliş bilan işlab bölmaydi. Bularga qöşimça ravişda yapon madaniyatini ham biliş zarur. Hamkasblar yapon millatiga mansub bölgani uçun ular bilan kelişiş, aloqa qiliş uçun yapon madaniyatini biliş muhim hisoblanadi.

Yaponiyada öqiş va iş faoliyati

Özbekistondagi ma’lum bir yapon tiliga aloqador bölgan oliygohlarda Yaponiyada ta’lim oliş uçun grantlar mavjud böladi. Men Yaponiyaga internetdan oliygohni topib, ularga xat yozib, hujjatlarni topşirib kelganman. 2 yil davomida yapon tilini örgatadigan maktabda ta’lim olib, keyin universitetga topşirganman.

Yaponiyada iş topiş jarayoni universitetni bitirişdan bir yil oldin boşlanadi. Uçinçi kurs vaqtida talabalar taşkilotlarning “oçiq eşiklar” kuniga qatnaşadi va kompaniyalarni örganadi. Men ham işga kirgan kompaniyamni öşa joyda körganman. Ular öz taqdimotida kelajakda dunyoni raqamli texnologiya boşqaradi deyişgani uçun bu sohaga qiziqişim ortgan. Özim boşqa yönalişda öqigan bölsam ham, şu sohada işlaşga qaror qildim. Taşkilotning imtihon testlaridan ötib, işga kirişga muvaffaq böldim. U yerda uzoq yillardan beri işlagan yapon hamkasblarim menga işni örganişda katta yordam berişdi. 1-2 yilda mustaqil loyihalarni menga işonib topşirişdi.