21 iyul kuni soat 18:00 larda Qönğirot tumani Nurmuhammedov köçasida yaşovçi 2003 yilda tuğilgan K. A. öz joniga qasd qilmoqçi böldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bölişiça, 18 yoşli yigit tumandagi Tarakli mahallasi hududidan ötuvçi temiryöl köprigi ustiga çiqqan. Şundan söng u köprikdan özini taşlamoqçi bölayotgan paytda şu hududga biriktirilgan profilaktika inspektori, leytenant I. Jamalov tomonidan qutqarib qolingan.

Şundan söng K. A. bilan psixiatr iştirokida profilaktik suhbat ötkazilib, ota-onasiga topşirilgan. Hozirgi paytda holat yuzasidan suriştiruv işlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, oldinroq Qönğirotda suv quvurini noqonuniy olib ketmoqçi bölgan 3 kişini tuproq bosib qolgandi.