Toşkent viloyati Bekobod şahar IIBga qaraşli muqaddam tergov hibsxonasi deb yuritilgan, ayni paytda vaqtinça saqlaş hibsxonasi deb ataluvçi muassasada saqlanayotgan 23 yaşar erkak öz joniga suiqasd qilgan.

Kun.uz manbasining xabar berişiça, kameradoşlari uning hayotini saqlab qolişgan. Holat 17 iyundan 18 iyunga ötar keçasi tungi soat 01:00 atrofida röy bergani aytilmoqda.

Kameradagi odeyalo yordamida özini osgan şaxs Bekobod tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamaçilik) 3-qismi böyiça qözğatilgan jinoyat işi böyiça gumonlanib qölga olingan va qamoq ehtiyot çorasi qöllaş haqida qaror qabul qilingani sababli u Bekobod şahar IIO vaqtinça saqlaş hibsxonasiga olib kelingan.

Viloyat prokuraturasi axborot xizmati bu ma’lumotni tasdiqlab, ayni paytda tergovga qadar tekşiruv harakatlari ketayotgani, içki işlar xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlanganini bildirdi.

Toşkent viloyat IIBB matbuot kotibi Bobur Tölaganov tahririyatga kelib tuşgan dastlabki ma’lumot – vaqtinça saqlaş hibsxonasida mahkum vafot etganini rad etdi. Ammo u mahbusning hayoti saqlab qolingani, ayni paytda röy bergan hodisa prokuratura tomonidan tekşirilayotganini negadir aytgisi kelmadi.

Holbuki Bobur Tölaganov yaqindagina Toşkent viloyati IIBBning mintaqaviy bölinmalaridan birining rahbari qamoqqa olingani, tintuv çoğida uning xizmat xonasidagi seyfidan 20 ming AQŞ dollari çiqqani haqida xabar berganimizda “mendan bu haqda izoh söraşmadi” deya, tahririyatni yolğon ma’lumot tarqatganlikda ayblagan, lekin tarqatilgan axborotni rad etmagandi ham.