«Özgidromet»ning ma'lum qilişiça, şu kunlari havo harorati iqlim normalaridan 4–6 darajaga yuqori böladi.

Respublika hududida kunduz kunlari havo harorati 41–44 darajagaça, janubiy va çöl zonalarida esa 45–46 darajagaça isiydi.

Foto: «Özgidromet»

25–27 iyul kunlari respublika hududi böylab tezligi 17–22 metr/soniyaga yetuvçi şamol kuzatiladi, vaqti-vaqti bilan şamol tezligi 25–30 metr/soniyaga yetişi, çangli böronlar yuzaga kelişi mumkin.

Toşkent şahar hokimligi aholidan zarurat bölmaganda köçaga çiqmaslikni söradi.

«Keskin issiq havoda barça insonlar, ayniqsa, surunkali kasalligi bölgan, dispanser nazoratida turuvçi bemorlar, yoş bolalar, homilador ayollar va keksalar özlarini himoyalaşlari nihoyatda muhim.

Bunday şaroitda aholimizdan zarurat bölmaganda köçaga çiqmasliklarini, köproq suyuqlik iste'mol qilişlarini sörab qolamiz. 

Hurmatli hamşaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, issiq va quruq havoning salbiy oqibatlaridan özingizni asrang!» deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 6–8 iyul kunlarida ham Eron hududlaridan issiq havo kirib kelişi hisobiga Özbekistonda havo harorati kötarilgan, uşbu kunlarda havo harorati iqlimiy me'yorlardan 5–8 darajaga yuqori bölgan edi.

Bugun, 23 iyul kuni Özbekistonda örtaça issiq ob-havo bölişi kutilmoqda. Kunning örtasiga kelib, havo harorati +37…+40 darajagaça, şimolda, janubda, çöl hududlarida ba'zi joylarda +41…+43 darajagaça isiydi.