Germaniyaning Audi kompaniyasi A1 deb nomlanuvçi özining eng kiçik modelini işlab çiqarişni butunlay töxtatişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya boş direktori Markus Dyusmannga tayanib Motor1 xabar bermoqda.
Audi rahbarining sözlariga köra, kompaniya kelajakda asosan elektromobillar işlab çiqarişga e'tibor qaratadi. Şu bilan birga, Audi A1 kabi kiçik modellarni elektr energiyasiga ötkaziş rejalaştirilmagan, çunki bu iqtisodiy jihatdan foydasiz hamda kompaniya uçun qimmatga tuşadi.
Nemis avtomobil brendi elektr dvigatelli avtomobillar çiqarişga ötişi şu yilning iyunida ma'lum bölgan. Kompaniya 2026 yildan elektromobillar işlab çiqarişga töliq ötişni möljallamoqda.
2033 yilda Audi içki yonuv dvigatelli avtomobillar modellarini işlab çiqarişni butunlay töxtatadi. Şu bilan birga, kompaniya dunyodagi eng katta avtobozor bölgan Xitoyda benzin va dizel yonilğisida harakatlanuvçi avtomobillarga bölgan talab 2033 yildan keyin ham saqlanib qolişiga umid boğlamoqda. Şu sababli nemis brendi 2033 yildan keyin ham mahalliy bozorda an'anaviy maşinalarni çiqarişni davom ettiriş imkoniyatini körib çiqmoqda.












