Keça, 23 iyul kuni Bözatov tumanida joylaşgan 11-maktab filiali ta'mirtalab ahvolga kelib qolgani, u qulaş arafasida turgani haqida xabar berilgandi. Şundan keyin, Bözatov tumani hokimligi ta'lim muassasasi holati yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinişiça, 11-maktab filiali “Aspantay” OFYdagi Xiva ovulida joylaşgan. U yerda 15 ta xonadon istiqomat qiladi. Tilga olingan maktab filiali imoratining fundamenti 1990 yilda haşar yöli bilan qamişdan qurilgan. Asosiy maktab imorati uşbu filialdan 11 km uzoqlikda joylaşgan.
Maqtab filialida 2020 yilda kiçik ta'mirlaş işlari – imoratning tom qismi örnatilib, böyaş işlari olib borilgan. 2021/2022 öquv yiliga mahalliy budjet hisobidan quriliş uçun zarur bölgan böyaş mahsulotlari va ohak tarqatilgan. Matbuot xizmatining qöşimça qilişiça, mahalliy budjet hisobidan maktab filialida 2022 yilda qiymati 500 mln söm bölgan qayta quriş, önglaş va rekonstruksiya işlarini olib boriş rejalaştirilgan.
Ma'lumot uçun, uşbu maktab filialida faqat boşlanğiç sinflar öqişi mumkin. Öquvçilar 5-sinfdan markazdagi maktabga qatnaşadi. Maktabda bor-yöği 4 nafar öquvçi ta'lim oladi: 4-sinfda 1 nafar, 3-sinfda 2 nafar, 2-sinfda 1 nafar öquvçi bitta sinfda öqiydi.
















