«Eng avval aytiş kerak bölgan gap şu: antibiotiklar koronavirusni davolamaydi. Çunki antibiotik — bakteriyalarga qarşi vosita, virusga ta'sir etmagani yetmaganidek, uning tarqalişiga şaroit yaratib beradi.

Antibiotiklarni retseptisiz va tartibsiz qabul qiliş organizmda çindan ham antibiotikka zarurat tuğilganda u ta'sir qilmay qolişiga olib keladi. Buning sababi organizmda antibiotikka nisbatan çidamlilik paydo bölgan böladi.

JSST tomonidan antibiotiklarga nisbatan çidamlilik va multiçidamlilik atamalari qöllanadi. Çidamlilik faqat bir antibiotikka nisbatan paydo bölsa, multiçidamlilikda bemorga heç qanday antibiotik ta'sir qilmay qoladi. Buning oqibatlari juda yomon.

Koronavirus dastlab tarqala boşlagan paytda odamlar uni şamollaş deb öylab, antibiotiklarni şifokor retseptisiz ham qabul qila boşlaşdi. Koronavirusga çalinganda antibiotik iste'mol qilinsa, kasallikka ta'sir qilmaydi. Çunki uning sababçisi bakteriya emas, virus böladi. Bemorning ahvoli oğirlaşib, immunitet kuçsizlanadi.

Agar bemor şunday şaroitda in'yeksion va infuzion vositalar bilan uyda muolaja olsa, oqibati ölim bilan yakunlaniş xavfi bor.

Yana bir gap. Antibiotiklardan pala-partiş foydalaniş tananing boşqa a'zolari faoliyatiga ham salbiy ta'sir etadi. 

Jumladan, insonda jigar va buyrak yetişmovçiligi bölsa, uşbu vositadan özboşimçalik bilan foydalaniş ölim holatigaça olib borişi mumkin. Eng yomon ta'siri esa anafilaktik şok, ya'ni allergik reaksiya bölib, bemor qisqa muddat içida vafot etadi. 

Şu bois, antibiotiklarni faqat va faqat şifokor tavsiyasi bilangina oliş lozim. Aks holda kasallikdan davolanaman, deb özingiz va yaqinlaringiz salomatligiga jiddiy zarar yetkazib qöyişingiz mumkin», deydi Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi boşqarma boşliği Muhabbat Ibragimova.

SSVning qayd etişiça, hozirda antibiotiklarni notöğri qöllaş natijasida dunyoda yiliga 700 ming kişi vafot etadi. Bu koronavirusdan vafot etayotganlardan kam körsatkiç emas. Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma'lum qilişiça, antibiotiklardan foydalaniş tartibga olinmasa, 2050 yilga borib yiliga 10 millionga yaqin odam vafot etişi mumkin.