-68 kg vazn toifasida Olimpiadaga kelgan özbekistonlik taekvondoçi Uluğbek Raşidov finalda oltin uçun keçgan bahsda Buyuk Britaniya vakili Bredli Sindenga qarşi dayanga çiqdi.

Uluğbek Raşidov dastlabki raundni öz foydasiga hal qildi (13:8). Ikkinçi raundda teng kuraş kuzatildi (5:6). Uçinçi raund esa öta hayajonli keçdi va ustunlik britaniyalik sportçi tomoniga ötib ketdi, ammo sönggi soniyalardagi harakatlari evaziga ustunlikni öziga qaytargan Özbekiston vakili 34:29 hisobida ğalabaga erişib, oltin medalni öziniki qildi.

Bu Özbekiston delegatsiyasining Tokio Olimpiadasidagi ilk medali böldi.

Ma'lumot uçun, Uluğbek Raşidov dastlabki bosqiçda malilik Seydu Mofanani 38:17 hisobida mağlub etib, nimçorak finalga yöl oldi. Çorak final yöllanmasi uçun jangda esa 3 karra jahon çempioni, Olimpiya öyinlarining 2 karra sovrindori, şu vazn toifasining birinçi raqamli vakili bölib turgan janubiy koreyalik Li De Hunni qöşimça vaqtlardagi oltin oçkolar orqali mağlub etib (21:19), uni turnirdan çiqarib yubordi. Çorak finalda esa eronlik Mirhoşim Hussayni ustidan ğalaba qozondi (34:22). Final yöllanmasi uçun jangda Bosniya va Gersegovina vakili Nejad Huşiç osonlik bilan taslim etildi (28:5).