Mahalliy eksportçilarga xorijdan mahsulot olib, import qilmasdan uçinçi davlatga töğridan töğri sotişga ruxsat beriladi

Hukumat qaroriga asosan xorijiy xomaşyo va materiallarni bojxonada rasmiylaştiriş talablarini soddalaştiriş maqsadida 2021 yil 1 avgustdan boşlab:

  • bojxona rejimi talabida xorijiy buyurtmaçi mavjud bölmagan hollarda ham qayta işlaş operatsiyalariga ruxsat beriladi;
  • tadbirkorlik sub'yektiga çetdan xomaşyo sotib olib, ularni respublika hududida bojxona tölovlari tölamagan holda qayta işlagandan söng istalgan xorijiy hamkoriga sotiş imkonini beradigan olib çiqiş, olib kiriş, sotiş va sotib oliş böyiça yangi turdagi taşqi savdo kontraktlari amaliyotga kiritiladi;
  • mahalliy eksport qiluvçilarga xorijiy davlatdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uçinçi davlatga töğridan töğri sotişga ruxsat beriladi.

Yer uçastkalarini xususiy sektorga mulk huquqi bilan beriş tartibi kuçga kiradi

Prezident farmoniga asosan 2021 yil 1 avgustdan boşlab yer uçastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida, davlat taşkilotlariga — doimiy foydalaniş huquqi asosida ajratiladi.

Hokimlar va mahalliy kengaşlarning yer uçastkalarini töğridan töğri ajratiş, foydalanişga beriş, kelgusida ajratiş uçun zaxiralaş, biriktiriş, obodonlaştiriş uçun beriş yoki yerlarni boşqaça yöl bilan tasarruf qiliş, suğoriladigan yerlarni suğorilmaydigan yoki boşqa yer toifasiga, suğorilmaydigan qişloq xöjaligi yerlarini boşqa yer toifasiga ötkaziş va ular yuzasidan qaror, farmoyiş yoki boşqa turdagi hujjat qabul qiliş huquqi bekor qilinadi.

Şuningdek, farmonga asosan Vazirlar Mahkamasi istisno tariqasida, faqat quyidagi hollarda yer uçastkalarini töğridan töğri ijaraga berişga haqli böladi:

  • qişloq xöjaligi sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oşiriş uçun davlat ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalariga — Qişloq xöjaligi vazirligining taklifiga asosan;
  • agrosanoat klasterlariga — yer uçastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablaği depozitga qöyilganda, Qişloq xöjaligi vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyat hokimining taklifiga asosan;