Sizni ana şunday ilojsiz holatga tuşirayotganlar – davlatning qöllovi bilan biror tovar yoki xizmatlar bozorida boşqalardan köra ustun mavqeni qölga kiritgan korxonalar, ya’ni monopolistlardir.
Rivojlanayotgan davlatlarda monopolistlarning monopolistligi, odatda, davlat ularga bergan alohida imtiyozlar bilan boğliq. Demakki, zararli monopoliyalar haqida gap ketganda, faqat monopolist emas, unga şu şaroitni yaratib berayotganlarni ham unutmaslik kerak.
Davlatning qölloviga ega monopolistlar özining barça raqobatçilarini turli usullar bilan birin-ketin bartaraf etadi va ma’lum sohani ma’lum hududda öziniki qilib oladi. Keyin esa özi işlab çiqarayotgan yoki sotayotgan mahsulotga istagan narxini qöya oladi. Çunki... raqobatçisi yöq-da.
Ammo bu hammasi emas – monopolist özi işlab çiqarayotgan mahsulotini sifatli qilib çiqarişga urinmaydi, axir, baribir uning mahsulotini sotib olişadi-da. Mahsulotga kam xarajat qilib qimmatroq sotiş – har bir tadbirkorning istagi. Bu – tabiiy. Ammo bu istak xalqning zarariga xizmat qilmasligi, aksinça, mamlakat gullab-yaşnaşining omiliga aylanişi uçun RAQOBAT kerak.
Soğlom raqobat muhiti tadbirkorlarni imkon qadar yaxşiroq mahsulot işlab çiqarib, uni bozor narxida sotişga undaydi, aniqroq aytsak, şunga majbur qiladi.
Erkin raqobatga asoslangan, barça uçun öyin qoidalari teng, yangi öyinçilarning kirib kelişiga çeklovlar qöyilmagan haqiqiy bozor muhitida sotuvçilar doimiy izlanişda, harakatda bölişga majbur. Natijada bu bozorda mahsulotlar va xizmatlar sifati doim yaxşilanib boraveradi. Bu degani – rivojlaniş degani.
Monopol holat esa har qanday harakatning kuşandasi – axir nega kerak harakat qilib, izlanib, xaridorning könglini ovlab? Axir, mahsulot şundoq ham sotilyapti-ku!
Raqobat şaroitida işlayotgan korxona işlab topgan har bir sömini qadrlaydi va özining keyingi rejalariga kiritadi. Çunki bu söm – urinişlar, tadbirlar, rejalar mahsuli. Monopolist esa qöşimça daromadini urinişlarsiz, tadbirlarsiz, rejalarsiz, monopol holatidan foydalanib qölga kiritgani bois uni keyingi rejalariga kiritişga şoşilmaydi, axir, bularsiz ham mömay foyda kelib turibdi-da! Şuning uçun u topgan qöşimça daromadini... nima desak ekan, havoga uçiradi.










