UzbekLife kolumnisti bu gal Qatar mamlakati vizasini oliş tartibi haqida maqola tayyorladi.

U orqali viza oliş talablari, tölovlari va turlari haqida ma'lumot olişingiz mumkin.

Qatar viza siyosati xususiyatlari

Qatar viza siyosati boşqa Yaqin Şarq mamlakatlariga nisbatan ança yumşoq. 80 dan ortiq mamlakat fuqarolari Qatarga vizasiz kirişlari mumkin. Qatarda vizasiz böliş ba'zi davlatlar fuqarolari uçun 90 kundan 180 kungaça bölgan muddatni taşkil qilsa, ayrim davlatlar uçun uşbu muddat biroz qisqaroq – 30 kunni taşkil etadi. Biroq, Özbekiston Respublikasi yuqoridagi ikkala tur davlatlar qatorida emasligi sabab Qatarga sayohat qiliş uçun viza olişlariga töğri keladi.

Qatar vizasi turlari

Qatarga sayohat maqsadingizga qarab Qatar vizasining bir qança turlaridan biriga murojaat qilişingizga töğri keladi. Qatar vizasining quyidagi turlari mavjud:

1) Qatar sayyohlik vizasi;

2) Qatar biznes vizasi;

3) Fors körfazi hamkorlik kengaşi fuqarolari uçun viza;

4) Qatar oilaviy yaşaş vizasi va oilaviy taşrif vizasi;

5) Qatar ta'lim vizasi;

6) Qatar tranzit vizasi va boşqa turdagi vizalar.

Qatarga bir martalik yoki köp martalik kiriş vizalari mamlakatlar örtasidagi amaldagi viza rejimlariga muvofiq belgilanadi.

Qisqa muddatli qoliş vizalari – C viza

Qisqa muddatli viza arizaçining 90 kundan ortiq bölmagan muddatda mamlakatda bölişi uçun taqdim etiladigan viza turi sanaladi.

Qatar biznes vizasi