Tunis milliy armiyasi bölinmalari hukumat binosiga kirişni tösib qöydi. Bu haqda Mosaïque FM radiosi xabar berdi.

Xabar qilinişiça, harbiylar binoni qurşab olgan va içkariga heç kimni kiritmayapti.

Tunis içki işlar vazirligi faoliyati mamlakat prezidenti xavfsizlik xizmati boşliği Xolid al Yahyoviy tomonidan nazorat qilinişi aytilmoqda. Shorouk gazetasining xabariga köra, mamlakat prezidenti Kais Said ana şunday farmon çiqargan.

Eslatib ötamiz, 25 iyul kuni Kais Said boş vazir Hişam Maşişini iste'foga çiqarganini e'lon qildi. Prezident bunday qarorni hukumatga va 2011 yildan beri hokimiyatni egallab kelayotgan “An-Nahda” partiyasiga qarşi ötgan namoyişlardan keyin qabul qildi.

Tunis rahbari, şuningdek, parlament işini 30 kunga töxtatib qöyişga qaror qildi va deputatlarni daxlsizlikdan mahrum qildi. U konstitutsiyaga köra, prezident parlamentni tarqatiş huquqiga ega emasligini, biroq “muqarrar xavf” holatida uning faoliyatini töxtata olişini ta'kidlab ötgan.