Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehqonobodda yeri tortib olingan kovrak yetishtiruvchi tadbirkorlar muammosi tuman hokimi va prokurori ishtirokida muhokama qilindi
Kun.uz’da Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida kovrak yetishtiruvchi tadbirkorlar yeridan ajralgani yuzasidan norozi bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, joriy yil 26 iyul kuni kovrak yetishtiruvchi tadbirkorlar muammosi tuman hokimi va prokurori ishtirokida muhokama qilingan. Bu haqda tuman axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov va tuman prokurori Laziz Hamrayev yerlari tortib olingani sabab tadbirkorlik faoliyati tugatilayotganini bildirgan va prezidentdan ko‘mak so‘ragan tadbirkorlar bilan uchrashgan.
Qayd etilishicha, hokim va prokuror bilan uchrashgan tadbirkorlar, mas'ul tashkilotlar prezidentning 2020 yil 2 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmonini noto‘g‘ri ijro qilganini, shu sabab tadbirkorlarga tegishli yerlar ularning roziligisiz tumandagi barcha yer maydonlari qatorida qo‘mita ixtiyoriga o‘tkazib yuborilganini aytib, jabrlanganini bildirgan.
Ta'kidlanishicha, tuman hokimi tadbirkorlar bilan suhbatda prezident farmoni ijrosini ta'minlashda mas'ul tashkilot rahbarlari tomonidan haqiqatan ham kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini aytgan.
Shuningdek, tadbirkorlar o‘z egaligidagi yerlarga ekilgan kovraklarni madaniylashtirganini tasdiqlovchi xulosalar uchrashuv davomida taqdim etilganini inobatga olib, mavjud muammo mohiyatini aniqlashtirish va imkon qadar tadbirkorlarga ko‘maklashish maqsadida hujjatlar tayyorlab, qo‘mitaga taqdim etishini bildirgan.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
08:53 / 03.04.2026