Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumining 2021 yil 19 iyuldagi maxsus qarori qabul qilindi. U asosida OTMda şartnoma asosida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga bir yillik şartnoma tölovlari tölab berilişi belgilandi.
Qarorga muvofiq, şahar va tumanlardan oliy öquv yurtlarida şartnoma asosida tahsil olayotgan 100 nafar talabaning 2021/2022 öquv yili uçun bir yillik şartnoma tölovlari tölab beriladi. Tölovlar ota-onasidan yoki ularning biridan mahrum bölgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar va boquvçisidan ayrilgan yolğiz boşli xotin-qizlarga ajratilgan.
Buning uçun zarur bölgan 640 million sömdan ziyod mablağ ajratilişi rejalaştirilgan. Şartnoma tölovlarining töliq tölab berilişini ta'minlaş hamda ajratilgan mablağlarning maqsadli sarflanişini nazorat qiliş böyiça tegişli vazirlik va oliy öquv yurtlariga vazifalar berildi, deyiladi Jöqorği Kengesi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib ötamiz, bundan oldin Jöqorği Kenges 253 nafar talabaning bir yillik 1 mlrd 546,2 mln söm şartnoma pulini tölab bergandi.











