Yaqin vaqt içida Afğoniston armiyasi “Tolibon” harakati egallab olgan hududlarni qaytarib oliş böyiça operatsiya boşlaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi Bismilloh Xon Muhammadiy ma'lum qildi.

"Qarşi hujum qiliş uçun kuçlarimizni tayyorladik va ular qator tumanlarni ozod qildi. Toliblar faollaşdi, ammo hukumat kuçlariga qarşilik körsatolmadi. Yaqin vaqt içida toliblar egallab olgan hududlarni qaytarib oliş böyiça operatsiyalar boşlanadi", - deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Tolo News telekanali.

Muhammadiy tez orada "Tolibon" jangarilari egallab olgan barça tumanlar qaytarib olinişiga va'da berdi.

Öz navbatida, Afğoniston prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Hamdulla Muhib "Tolibon"ning vaqtinçalik muvaffaqiyati NATO qöşinlari olib çiqib ketilişi tufayli paydo bölgan böşliq oqibati ekanligini aytdi.

"Biz öz vaqtida qurol-yaroğ yetkaza olmagan tumanlar boy berildi. Toliblar yaqinda çarçaydi, bu esa ularni muzokaralarda muloqot boşlaşga majbur qiladi", - dedi u.