Turkiyaning Antalya viloyatidagi Manavgat kurorti hududida yuz bergan örmon yonğini oqibatida kamida 53 kişi jabrlandi. Bu haqda Turkiya qişloq va örmon xöjaligi vaziri Bekir Pakdemirli ma'lum qildi.
«Törtta tumanda evakuatsiya işlarini amalga oşirişimizga töğri keldi. Uylar zarar körgan. Yonğin sababi aniqlanmoqda», — dedi u.
Ma'lumot berilişiça, yonğin miqyosi keng bölişiga qaramasdan, u Antalyadagi turistik obektlarga xavf solmaydi. Taxminlarga köra, yonğin jazirama harorat natijasida kelib çiqqan.
Yonğinni öçirişga ikkita samolyot, 15 vertolyot, olti buldozer va 106ta öt öçiriş maşinasi safarbar qilingan.












