Saylov logotipini yaratişda maxsus guruh 3 oy davomida iş olib bordi, yakuniy körinişi 16 ta variant içidan tanlab olindi, deb ma'lum qildi MSK matbuot markazi rahbari Sanjar Raşidov.

Guruhga mamlakatdagi barça qatlamga mansub aholi vakillari va olimlar, psixologlar, san'atşunoslar, sotsiologlar jalb qilingani, xalqaro tadqiqotçilar va ekspertlarning ham xulosalari olingani aytildi.

Logotipning lotinça variantida "oktabr" va "2021-yil" sözlari xato yozilgani ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga sabab böldi.

“Dunyo tajribasi, xususan, Rossiya, AQŞ, Fransiya, Koreya Respublikasi singari mamlakatlarning saylov ötkaziş borasidagi amaliyoti örganilganida ma'lum böldiki, rivojlangan mamlakatlarning aksariyati öz saylov kampaniyasini ötkaziş çoğida foydalanadigan logotipida uçta jihat bölişiga alohida ahamiyat qaratar ekan. Bular – muayyan sana, hamma uçun bir xilda tuşunarli ramz, davlat bayroğining rangi.

Asosiysi, logotip özi bilan zarur informatsiyani “taşişi” kerak”, – dedi Sanjar Raşidov.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi prezidenti sayloviga 23 iyul kuni start berildi.