Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki raqibdan o‘tgan Oltiboyev chorakfinalda yengildi va bronza uchun kurashadigan bo‘ldi
Dzyudo bo‘yicha +100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bekmurod Oltiboyev Tokio Olimpiadasida chorakfinaldan o‘ta olmadi.
Dastlabki bosqichda Oltiboyev mo‘g‘ulistonlik Durenbayar Ulzibayarni ilk daqiqadayoq ippon bahosi bilan yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

1/8 finalda Olimpiadaning ikki karra sovrindori niderlandiyalik Henk Grol ham ilk daqiqadayoq mag‘lub etildi. 20-soniyada Oltiboyev o‘z uslubida tizzada o‘tirgan holda raqibini ustidan oshirib tashlash usuli bilan ippon bahosini qo‘lga kiritdi.
Unga chorakfinalda juda kuchli raqib ro‘baro‘ bo‘ldi. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, chexiyalik Lukash Krpalekka qarshi bellashuvni ham o‘zbekistonlik kurashchi faol boshladi va raqibga sust harakatlari uchun shido yozildi, ammo Oltiboyev hujumga o‘tishda kichik xatoga yo‘l qo‘ydi va Krpalek bundan foydalanib bitta vazari bahosi ishlab oldi. Unga jang yakuniga qadar yana bitta shido yozildi, ammo u g‘alabani kurash so‘ngiga qadar ushlab qoldi.

Endi Oltiboyev bronza medali uchun o‘tish bosqichida ukrainalik Yakub Xammoga qarshi gilamga chiqadi.

Mavzuga oid
09:28 / 31.07.2021
O‘zbekiston dzyudochilari jamoaviy bahsda Niderlandiyaga yutqazib, turnirni ilk bosqichdayoq tark etdi
14:11 / 30.07.2021
Rayhona Qodirova chorakfinalga chiqdi, Oltiboyev bronza yo‘lida muvaffaqiyatsizlikka uchradi
23:00 / 29.07.2021
Tokio-2020, 30 iyul kungi bahslar. Boturov Makkormakdan revansh olishga harakat qiladi
21:00 / 11.11.2018