Rayhona Qodirova chorakfinalga chiqdi, Oltiboyev bronza yo‘lida muvaffaqiyatsizlikka uchradi

-60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Rayhona Qodirova Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki jangini o‘tkazdi.
U dastlabki jangida Kongo DR vakili Yumba Naomiyega qarshi ringga chiqdi va jang davomida to‘liq ustunlikka erishib, yakunda hakamlar bahosiga ko‘ra 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Endi Qodirova 3 avgust kuni yarimfinalga chiqish uchun amaldagi jahon chempioni braziliyalik Beatriz Ferreyraga qarshi ringga ko‘tariladi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining yakkalik bellashuvlari dzyudochilar jamoasi uchun yakunlandi.
Bugun eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etgan Bekmurod Oltiboyev dastlabki janglarda mo‘g‘ulistonlik Durenbayar Ulzibayar va niderlandiyalik Henk Grolni mag‘lub etgandi. Ammo chorakfinalda Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, chexiyalik Lukash Krpalekka mag‘lub bo‘ldi.
Bronza medali uchun o‘tish bahsida esa ukrainalik Yakiv Xamnoga qarshi bellashuvda ham Oltiboyev vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa u yakkalik bahslarini yettinchi o‘rinda yakunladi.
Ertaga aralash jamoaviy yo‘nalishda o‘zbekistonlik dzyudochilar o‘z ishtiroklarini davom ettirishadi. Ilk raqib Niderlandiya jamoasi bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Panamaning yarmi elektr energiya va ichimlik suv ta’minotisiz qoldi
Jahon | 20:50
-
Sud Trampga XVIII asrdagi qonun yordamida migrantlarni deportatsiya qilishni taqiqladi
Jahon | 20:33
-
Hindistonda kamyob sherlar ikki haftada uch kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Jahon | 20:10
-
Suriyada alaviylar qirg‘ini: yangi hukumat buni hal qilishga va’da bermoqda, ammo savollar ochiq qolmoqda
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

00:08 / 03.08.2021
Uch bokschi medalga yaqin, Assakalov va Jo‘rayev ham bahslarga qo‘shiladi

09:28 / 31.07.2021
O‘zbekiston dzyudochilari jamoaviy bahsda Niderlandiyaga yutqazib, turnirni ilk bosqichdayoq tark etdi

09:55 / 30.07.2021
Ikki raqibdan o‘tgan Oltiboyev chorakfinalda yengildi va bronza uchun kurashadigan bo‘ldi

23:00 / 29.07.2021