Şu kungi bahslarda Özbekiston boks jamoasining 2 nafar vakili ringga çiqadi, dzyudo jamoasining eng oğir vaznli vakili Bekmurod Oltiboyev medal uçun kuraşadi.
+100 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qiladigan Oltiboyevning birinçi jangi Toşkent vaqti bilan soat 7:25da boşlanadi. Uning ilk raqibi möğulistonlik Duurenbayar Ulzibayar böladi.
Özbekistonlik boksçilar orasida birinçi bölib çorakfinalga yöllanma olgan Bobo-Usmon Boturovni (-69 kg) soat 8:35da boşlanadigan jiddiy jang kutmoqda. U yarimfinal yöllanmasi uçun özining eski tanişi, buyuk britaniyalik Pet Makkormak bilan bahs olib boradi. 2019 yil kuzida Yekaterinburgda ötgan jahon çempionati yarimfinalida keçgan özaro jangda buyuk britaniyalik sportçining qöli baland kelgandi.
Özbekiston ayol boksçilar jamoasining Olimpiadadagi sönggi vakili Rayhon Qodirova (-60 kg) nimçorak finaldan iştirokini boşlaydi. Uning ilk raqibi kongolik Naomiye Yumba böladi. Jang boşlaniş vaqti soat 13:15.
Şu kungi musobaqalarda yengil atletikaçilar va suzuvçilardan ham bir nafardan vakil iştirok etadi.
Soat 16:05da uç hatlab sakraş bahslarida Roksana Xudoyorova öz omadini sinab körsa, soat 16:34da Natalya Kritinina 50 metr masofaga erkin usulda suziş böyiça bahslarni boşlaydi.

Özbekiston Tokio-2020 Olimpiadasiga sportning 17 turidan 71ta yöllanma bilan kelgandi. Şu vaqtgaça 41 sportçi öz iştirokini yakunlab böldi, taekvondoçilar bitta oltin, dzyudoçilar bitta bronza medal qölga kiritişgan. Boksçilar jamoasining 11 nafar vakilidan 5 nafari iştirokini davom ettirmoqda. Şuningdek, sport kuraşlarida 8 nafar, yengil atletikada 7 nafar, dzyudoda 2, oğir atletikada 2, zamonaviy beşkuraşda 2, badiiy gimnastikada 2, suzişda 1 va öq otişda 1 nafardan vakil qolgan.























