Ma'lum qilinishicha, Kitob tumani DXX hamda IIB hamkorligida o‘tkazilgan «Qoradori – 2021» profilaktik tadbirlari davomida tumandagi «Qatorbog‘» MFY yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan G.T.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 7 tup kannabis o‘simligini qo‘lbola yashiklarda yetishtirib kelayotganligi aniqlangan va ular xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, tumanning «Varganza» MFY istiqomat qiluvchi S.M.xonadoni ham tekshirilganda qonunga xilof ravishda 4 tup kannabis o‘simligini o‘stirib kelayotganligi aniqlanib, hujjatlashtirilgan.
Qayd etilishicha, yuqoridagi har ikki holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











