Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida qonunga xilof ravişda hovlisida kannabis va köknor östirayotgan şaxs uşlangan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, DXX Kitob tumani bölimi hamda IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan «Qoradori-2021» tezkor tadbiri davomida tumanning «Anorzor» MFYda yaşovçi, 1965 yilda tuğilgan fuqaro Q.Y. yaşaş xonadonida taqiqlangan giyohvandlik ösimliklarini östirib kelayotgani aniqlangan.

Jumladan, u öz hovlisida 7 tup kannabis hamda 143 tup köknor ösimligini qonunga xilof ravişda yetiştirib kelayotganligi aniqlangan hamda xolislar guvohligida hujjatlaştirib olingan.

Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB tergov bölimi tomonidan qöşimça suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.