Rossiyaning «Matç TV» kanali xabariga köra, Eldor Şomurodov Rim jamoasida yillik 2 million yevro maoş oladi. Taqqoslaş uçun, özbekistonlik hujumçining Genuya klubidagi yillik maoşi 1,3 million yevroni taşkil etardi.

Avvalroq, Rim klubi özbekistonlik hujumçini keyinçalik sotib oliş şarti bilan bir yillik ijaraga olayotgani, Şomurodov uçun Genuya klubiga tölanadigan bir yillik ijara haqi 2,5 million yevroni taşkil etişi va transfer qiymati bonuslar hisobiga 20 million yevrogaça yetişi haqida xabar berilgandi.

Eslatib ötamiz, Eldor Şomurodov 2020 yilda «Rostov»dan «Jyenoa»ga 7,5 million yevro evaziga ötgandi. Uning hozirgi klubi bilan amaldagi şartnomasi 2024 yilga qadar belgilangan. 

Ma'lumot uçun, Eldor A Seriya ötgan mavsumida 31 öyinda maydonga tuşib, 8ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.