Avgust oyida moddiy yordamga muhtoj oilalar farzandlariga 500 ming so‘mdan pul beriladi
Mablag‘lar davlat tomonidan ehtiyojmand oilalar farzandlarini kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta'minlash xarajatlarini qoplash maqsadida ajratilmoqda.

"Kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, avgust oyida moddiy yordamga muhtoj oilalar farzandlarini kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta'minlash xarajatlari budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Xususan, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga to‘lmagan bolalariga va nogironligi bo‘lgan 18 yoshga to‘lmagan bolalarga 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish belgilandi.
Bunda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga bir martalik moddiy yordam to‘lash xarajatlari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga to‘lmagan bolalariga, nogironligi bo‘lgan 18 yoshga to‘lmagan bolalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash xarajatlari – Pensiya jamg‘armasi hamda vazirlik va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘laridan qoplanadi. Yordam pullari 25 avgustga qadar manzilli yetkazilishi ta'minlanadi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning bir hududi o‘zbeklarning tarixiy vatani deb ataldi
Jahon | 16:41
-
To‘qayev Qozog‘iston nega BRICS a’zosi bo‘lmasligini tushuntirdi
Jahon | 16:38
-
O‘zbekiston va Italiya atom energiyasi sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 16:09
-
AQShning G‘azo bo‘yicha sulhi: Isroil qabul qildi, Hamas ko‘rib chiqmoqda. Tafsilotlar
Jahon | 16:07
Mavzuga oid

08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi

10:44 / 14.05.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

23:12 / 29.04.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

11:36 / 29.04.2025