Özbekiston delegatsiyasi bayroqdori, boks jamoasining eng oğir vaznli vakili (+91 kg) Bahodir Jalolov çorakfinaldagi iştirokini ötkazdi. Hindistonlik Satiş Kumarga qarşi keçgan jangda Jalolov yaqqol ustunlik bilan ğalaba qozonib (5:0), yarimfinalga yöl oldi.

Boks bellaşuvlarida yarimfinalda imkoniyatni boy bergan sportçi ham bronza medali bilan taqdirlanadi. Şu tufayli, Jalolov kamida bronza medalini naqd qildi.

Endi u 4 avgust kuni final yöllanmasi uçun buyuk britaniyalik Freyzer Klark (u çorakfinalda fransiyalik Murod Aliyevni mağlub etdi) bilan jang qiladi.

Özbekiston boks jamoasining yana uç vakili turnirdagi iştirokini davom ettirmoqda. Şahobiddin Zoirov (-52 kg) hamda Elnur Abduraimov (-63 kg) nimçorakfinal janglarida ğalaba qozonib, çorakfinalga çiqişgan. 3 avgust kuni Zoirov filippinlik Karlo Paalamga qarşi, Abduraimov armanistonlik Hovannes Baçkovga qarşi ringga çiqadi. Şuningdek, -60 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Rayhona Qodirova ham şu kuni çorakfinal doirasida braziliyalik Beatris Ferreyra bilan jang qiladi.