Hozirda Özbekiston aholisining qariyb 11 foizi (3,9 mln kişi) pensiya va nafaqa oladi. Bundan 5 yil muqaddam esa pensionerlar 3 mln kişi bölgan.
Sönggi vaqtda pensiya va nafaqa oluvçilar soni yiliga 200-250 ming nafarga ösib bormoqda. Ularning soni ortişi bilan pensiya tizimida ham bir qança özgartirişlar qilişga ehtiyoj sezildi. Xöş, ötgan 5 yildagi ijobiy özgarişlar deya nimalarni ayta olamiz?
Pensiyani naqd pulda tölaş boşlanişi katta yangilik bölgandi
2017 yilgaça pensionerlarni qiynab kelgan muammolardan biri ularga pullar naqd şaklda berilmayotganida edi. Öşa yili 1 fevraldan boşlab mazkur masala yeçim topdi – pensiya va nafaqalar istalgan şaklda, naqd yoki plastik karta orqali berila boşlandi. Bu köpçilik kutgan yangilik edi.
“2015-2016 yillarda pensionerlarda öz pensiya pullarini naqd şaklda oliş imkoniyati bölmagan. Pullar faqatgina plastik kartoçkaga ötkazilardi. Çunki naqd pul masalasi dolzarb muammo edi”, – deydi Pensiya jamğarmasi Toşkent şahar boşqarma boşliği Gulnora Murodova ötgan davrni eslab.

Pensiya tizimidagi yana bir ijobiy özgariş 2019 yilda yuz berdi. Ya'ni pensiya hisoblaşda iş haqiga belgilangan yuqori çegara BHMning 8 baravaridan 10 baravarga oşirildi. Buning natijasida 531 ming nafar fuqaroning pensiya miqdori örtaça 65 ming sömdan 265 ming sömgaça oşdi.
Qolaversa, 2019 yil 1 yanvar holatiga pensiyalarni töğri tayinlaş va tölaş ustidan ötkazilgan tekşirişlar natijasida ortiqça pensiya tölangani aniqlangan 3 ming 770 nafar fuqaroning 6 mlrd 287 mln sömlik qarzdorliklari qoldiqlari hisobdan çiqarildi.
Işlovçi pensionerlarning ham kökragiga şamol tegdi
Tizimdagi ijobiy özgarişlardan biri – 2019 yil 1 yanvardan boşlab barça sohalarda işlaydigan pensionerlarga pensiyalarining töliq berilişi böldi. Buning natijasida öşa yili 83 ming nafar pensionerning oylik daromadlari örtaça 450 ming sömga köpaydi.
Bungaça (1995 yildan beri) işlovçi pensionerlarga pensiyalarining 50 foizi tölanar, e'tirozlar ortganidan ortib borayotgandi.














