Myanmadagi davlat töntaruvidan keyin hokimiyatni egallagan harbiylar taşkil etgan davlat ma'muriy kengaşi muvaqqat hukumat şakllantirilganini e'lon qildi. Bu haqda kengaş buyruğiga tayanib “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Buyruqqa köra, Myanma boş vaziri lavozimini mamlakat qurolli kuçlari boş qömondoni, kengaş raisi Min Aun Xlayn egalladi.
Min Aun Xlayn telemurojaat bilan çiqib, mamlakatda 2023 yilning 2-yarmida yangi umumiy saylovlar ötkazilişi rejalaştirilayotganini ma'lum qilgan.
Myanmada harbiylar 1 fevralda mamlakat rahbariyatini 2020 yil noyabrda ötgan saylovlardagi firibgarliklarda ayblab, hokimiyatni egallab olgandi. Mamlakat prezidenti Vin Min va davlat maslahatçisi Aun San Su Çji öz lavozimlaridan çetlatilgandi.
Şundan keyin Myanmada harbiylarga qarşi norozilik namoyişlari boşlangan. BMT ma'lumotlariga köra, uşbu namoyişlarni bostiriş vaqtida 700dan köproq odam halok bölgan.












