Ötgan hafta Özbekiston hukumati umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd dollarga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarini 3 ta valuta: dollar, yevro va sömda jahon moliya bozorlariga joylaştirdi.

Jalb qilingan mablağlar davlat budjeti taqçilligini qoplaş va Barqaror rivojlaniş maqsadlarini moliyalaştiriş uçun yönaltiriladi.

Xöş, özi obligatsiyalar nima? Nima uçun hukumat obligatsiyalar joylaştiradi?

Obligatsiya – bu hukumat yoki kompaniya tomonidan çiqariladigan qarz qimmatli qoğozi hisoblanadi. Hukumat obligatsiya çiqarsa, uni turli investorlar sotib oladi; hukumat esa belgilangan davr mobaynida özgarmas foizni investorga tölab boradi va muddat tugaşi bilan asosiy qarz ham investorga qaytariladi.

Obligatsiyalar ikkilamçi bozorda kotirovka qilinadi, narxi bozor şaroitlari va bazaviy stavkalariga mutanosib ravişda özgarib turadi.

Obligatsiyalar, ularning sarflanişi va qanday joylaştirilişi haqida Kun.uz bilan suhbatda Infrasia Capital va Finasia Capital kompaniyalari boş direktori, sobiq moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov sözlab berdi.

— Siz moliya vaziri örinbosari bölib işlagansiz va hukumatning obligatsiyalar çiqariş jarayonlarida bevosita iştirok etgansiz. Obligatsiyalar nima ekani va ular nega jahon bozoriga joylaştirilişi haqida gapirib bera olasizmi?

— Xalqaro obligatsiyalar Özbekiston Respublikasi tomonidan 2019 yildan beri çiqariladi. Bu global moliya bozorlaridagi fondlardan mablağ jalb qilişning bir turi. Oddiyroq tuşuntirsam, bu ham kreditdek gap. Odamlar uy oliş uçun ipoteka, maşina oliş uçun yoki farzandlarini öqitiş kredit olib, ma’lum yillar mobaynida uni bölib tölaşadi. Xuddi şunday Özbekistonda ham olib borilayotgan islohotlar yirik mablağlarni talab qiladi.

Kreditdan farqi nima? Obligatsiyalar bozorda qimmatli qoğoz körinişida çiqarilib, bitta bankdan olinmaydi-da, yuzlab investorlardan yiğib olinadi. Obligatsiyalar rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uçun odatiy holat. Biz çiqargan kunimiz Qatar amirligi ham 2,5 mlrd dollarlik yevrobond çiqardi. Bu yerda mamlakatlarning özida qançalik mablağlari bor yoki yöqligi ahamiyatga ega emas. Ma’lum maqsadlar uçun bozordan mablağ jalb qiliş usuli bu.

– Barqaror rivojlaniş maqsadlari (BRM) uçun olinadigan obligatsiyalar nima degani?

– BMT tomonidan har bir mamlakat uçun barqaror rivojlaniş maqsadlari tasdiqlangan. Jumladan, Özbekiston uçun ham 2030 yilgaça 16 ta kategoriyadan iborat maqsadlar bor, bular – kambağallikni qisqartiriş, gender tengligini ta’minlaş, ekologiya, suv sifatini yaxşilaş kabi maqsadlar. Köp maqsadlar bor, davlatlarda BRMlar asosan 17 ta böladi, bizda esa 16 ta, çunki 17-maqsad dengizga oid va bu bizga taalluqli emas.

[22 may kuni çiqarilgan] 600 mln yevrolik obligatsiyalar Özbekiston Respublikasi tomonidan barqaror rivojlaniş maqsadlariga sarflanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mendan köra yaxşiroq ma’lumot bera oladi, çunki ular qaysi yönalişga sarflanişini bilişadi. Lekin men sizga özim işlab yurgan davrdagi BRM haqida aytib bersam.

2021 yil ilk bor sömda obligatsiya çiqarilgan, bu obligatsiyalar 2,5 trln sömni taşkil qilgan. Bu mablağlar aholini içimlik suvi bilan ta’minlaş, ijtimoiy binolar, maktab va kasalxonalar quriş, yöllarni ta’mirlaş kabi odamlar hayotini yaxşilaşga sarflanadi. Har biri, har bir loyiha böyiça Moliya vazirligining içida içki guruh tuzilgan edi, ular viloyat, tumanlarda, har bitta loyiha monitoringini olib borib, foto va video hisobotlar tayyorlagan. Bu hisobotlarning hammasi özbek va ingliz tilida investorlarga taqdim qilingan. Investorlar Özbekistonning hisobotini ijobiy qabul qilgan, sababi köp mamlakatlar ham şunaqa, barqaror rivojlaniş maqsadlari uçun yoki yaşil obligatsiyalar çiqaradi, lekin batafsil ma’lumot berişmagan. Buni 2022 yil e’lon qilganimizda köpçilik investorlar aytgan. Öylaymanki, hamkasblarim bu safar ham xuddi şunday iş taşkil qilib, 600 mln yevro qayerga ketişi borasida har bitta loyiha böyiça işçi guruhlar monitoring olib boradi. Xalqimizga va pulini tikkan investorlarga hisobdorlik nuqtayi nazaridan şu talab qilinadi.

– Obligatsiyalarning kredit şaklidagi davlat taşqi qarzidan farqi nimada?

– Obligatsiyalar birjalarda kotirovka qilinib, olib sotiladigan moliyaviy instrument hisoblanadi. Aksiyalardek gap. Bozorda özining qiymati bor, foiz stavkalari oşişi yoki tuşişiga qarab obligatsiyalar qiymati oşib tuşadi. Foiz stavkalari oşganda obligatsiyalar qiymati tuşadi, foiz stavkalari tuşganda esa obligatsiyalar narxi oşadi. Öşa orqali investorlar oldi-sotdi amaliyotlarini amalga oşiradi.

Deylik, bugun qaysidir investor 50 mln dollar pul tikkan bölsa, bu pul dollarda 7 yil yoki yevroda 3 yil uşlab turiladi degani emas, ular ma’lum bir vaqtdan keyin foyda köriş maqsadida 10-20 mln dollarini sotişi ham mumkin. Yoki teskarisi, kimdir bugun 10 mln olgan bölsa, ertaga bozorga çiqib yana 10 mln olişi mumkin. Ya’ni investorlar uçun ma’lum darajada qulayliklar yaratadi.

Kreditlar esa asosan banklar tomonidan berilgani uçun banklar bu kreditlarni muddati tugagunça özida uşlab turadi.

Umuman, taşqi qarz nuqtayi nazaridan, kreditlar ham, obligatsiyalar ham davlat taşqi qarzi hisoblanadi.

– Soha eksperti sifatida yana nimalarni qöşimça qila olasiz, obligatsiyalar haqida aholi nimalarni bilişi kerak?

– Obligatsiyalarni, öylaymanki, soddalaştirilgan holda tuşunsa böladi. Bu bozor Özbekistonning içida ham ança rivojlanib qoldi. Masalan, davlat qimmatli qoğozlari hozir sömda ham çiqarilyapti, 1, 2, 3 yillik obligatsiyalar. Hozirça faqat yuridik şaxslar obligatsiyalarni sotib olyapti, lekin ertaga, masalan, aholiga ham sotiladigan obligatsiyalar çiqişi mumkin. Aholimiz ham obligatsiyalarni sotib olib, investor bölişlari mumkin.

Hozirda aholi böş turgan mablağlarini bankka depozitga qöyişi mumkin. Bunda bank har oy ma’lum stavkada foiz tölab boradi. Qaçondir obligatsiyalar xalqimiz uçun ham sotiladigan bölsa, bilişimiz kerak bölgan narsa bu – foiz stavkalari qançalik manfaatli, obligatsiya çiqarayotgan taşkilot qançalik işonçli? Çunki bu kimgadir kredit, qarz berayotgandek gap. Xatar nuqtayi nazaridan eng past xatar davlatniki hisoblanadi. Korxonalar, banklar çakana bozorga çiqarişni boşlasa, kim çiqarayotganiga, daromadligiga e’tibor beriş kerak böladi. Ya’ni ertaga pulimni ham, daromadimni ham ola olamanmi?

Obligatsiyalar birjada kotirovka qilinib tepaga, pastga tuşib turgani uçun mabodo ertaga narx tuşib ketib qolsa, obligatsiyani bugun 100 sömga sotib olgan bölsa, ertaga men uni 90 sömga sotişim ham mumkin yoki 110 sömga sotib foyda qilişim ham mumkin, şularni öylaş kerak. Aksiyaga qiyoslaganim sababi, obligatsiyalar narxi ham tuşib-kötarilib turadi. Bu bizning tilda spekulyatsiya ham deyiladi. Lekin bozorning qoidasi şunaqa.

Madina Oçilova suhbatlaşdi.