Imtihonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab hududida ötkaziladi.

Imtihon kunlari quyidagiça:

  • Abu Ali ibn Sino nomidagi yoş biologlar va kimyogarlar ixtisoslaştirilgan maktab-internati – 7 avgust;
  • Mirzo Uluğbek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslaştirilgan maktab – 8-9 avgust;
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslaştirilgan maktabi – 10-12 avgust.

Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00, 16:00 da ötkaziladi.

Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 2 avgust kunidan boşlab sms-xabarnoma yuborilmoqda. Sms-xabarnomani qabul qilgandan söng ariza.piima.uz saytidagi “Şaxsiy kabinet”dan Ruxsatnomani yuklab, çop etib oliş şart.

Imtihonga talabgor tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma va Ruxsatnoma bilan kelişi lozim. Imtihon ötkaziladigan manzil: Toşkent, Yaşnobod tumani, Maxtumquli köçasi.