Endilikda koronavirusga qarşi töliq emlangan turistlar Saudiya Arabistoniga kirişda majburiy karantinda bölişi şart emas, deb yozadi RIA Novosti.
Ammo bu "Sputnik V" bilan emlanganlarga taalluqli emas: mamlakatda bu vaksina tan olinmagan.
Saudiya Arabistoniga Oxford/AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Moderna va Johnson&Johnson vaksinalari bilan emlangan turistlar kirişi mumkin.
Bundan taşqari, Sinopharm yoki Sinovac vaksinalari bilan emlanganlarga ham kirişga ruxsat berildi. Biroq ular qirollikda ma'qullangan tört vaksinadan biri bilan emlanişi lozim. Barça sayohatçilar kelişdan 72 soatgaça avval topşirilgan manfiy PZR-test natijasiga ega bölişi lozim.
Aniqlik kiritilişiça, Saudiya Arabistonida turistik viza bilan böliş 90 kundan oşmasligi lozim.












