Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida 31 iyul kuni soat 22:30larda Sariosiyo tumanida yaşovçi fuqarolar A.O., Ş.D., B.Ş., N.A. va R.Ş. bir guruhga birlaşib, jamoat joyi hisoblangan Uzun tumani “Özbekiston” köçasida joylaşgan çorraha yonida tumanning “Navröz” mahallasida yaşovçi voyaga yetmagan R.S.ni urib-döpposlayotgan vaqtida, şu yaqin örtada jamoat tartibini saqlaş uçun xizmatga jalb qilingan Uzun tuman Içki işlar bölimi xodimlari tomonidan bir neça bor ogohlantirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, ular özlarining bezorilik xatti-harakatlarini töxtatmasdan, jamoat tartibini saqlaşga va janjalni bartaraf etişga uringan tuman IIBning 2 nafar xodimi S.M. hamda S.Q.ga faol qarşilik körsatib, ularga tan jarohati yetkazişgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertiza xulosasiga köra, içki işlar organi xodimi S.M.ning badanida tan jarohati oğirlik darajasiga köra “Soğligining buzilişiga sababçi bölgan yengil” tan jarohatlari ekani, şuningdek, içki işlar organi xodimi S.Q. hamda voyaga yetmagan R.S.ning badanida “yengil” tan jarohatlari ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.O., Ş.D., B.Ş., N.A., R.Ş. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












