Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi, tarixşunos olima, professor Dono Hamidovna Ziyoyeva vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
D.Ziyoyeva ilmiy faoliyatini 1983 yil Tarix institutida kiçik ilmiy xodimlikdan boşlab, institutning ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari (2000-2005), "XIX-XX asr tarixi" bölimi mudiri (1998 yildan hozirgaça) kabi mas'uliyatli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.
Olima 1990 yil "Turkistonda XIX-XX asr boşidagi milliy ozodlik harakati tarixşunosligi" mavzusida nomzodlik, 1999 yil "1917-1924 yillarda Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari XX asr tarixşunosligida" mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Olima rahbarligida "Özbekiston tarixi"ning V jildi, "Özbekiston tarixi xrestomatiyasi"ning IV jildi va boşqa qator töplamlar naşr etilgan.













