Bildirilişiça, joriy yilning 30 iyul kuni taxminan soat 14:45da “Abdullaxon” madrasasi orqa tomon devorining bir bölagi öpirilib tuşgan. Şu kunning özida Buxoro viloyati madaniy meros boşqarmasi mutaxassislari voqea joyiga yetib borgan va holat yuzasidan tegişli taşkilotlarga xabar qilingan.

“Mazkur holatdan xabar topgan Buxoro viloyat hokimi B.Zaripov 2 avgust kuni barça mutasaddi taşkilotlar bilan “Abdullaxon” madrasasiga yetib keldi va holat böyiça Madaniy meros agentligi direktori örinbosari - boş me'mor B.Matçonov ham taklif qilindi. 

Uşbu holat böyiça Madaniy meros agentligining viloyat boşqarmasi, Buxoro şahar hokimligi, restavratorlar va soha mutaxassislaridan iborat işçi guruh tuzilib, joyida örganiş ötkazildi. Şunga köra, tezkor çora-tadbirlar belgilanib, Madaniy meros agentligidan ekspertlar jalb qilindi va “Abdullaxon” madrasasi orqa qismi devorining öpirilib tuşgan bölagini belgilangan tartibda tegişli loyiha asosida qayta tiklaş va zaruriy restavratsiya işlarini taşkil etiş işlari kelişib olindi”, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilişiça, Özbekiston prezidentining 2021 yil yanvarda Buxoro viloyatiga taşrifi davomida berilgan topşiriqlar va kengaytirilgan tarzda ötkazilgan yiğiliş bayoniga köra, tezkor ta'mirlanişi kerak bölgan 40ta madaniy meros obektlari röyxatiga “Abdullaxon” madrasasi ham kiritilgan. 

“Hozirda “Madaniy Meros LITI” MÇJ tomonidan ança avval boşlangan obidani ta'mirlaş-tiklaş böyiça loyiha hujjatlari deyarli tayyor bölib, loyiha böyiça tegişli taşkilotlar xulosasi olingandan söng ta'mirlaş-tiklaş işlari tezkorlik bilan boşlanişini ma'lum qilamiz. Loyiha hujjatlari kelişilgunga qadar, obektdagi devorlarni mustahkamlaş va tirgaklar qöyiş işlari olib boriladi. 

Hozirda viloyat madaniy meros boşqarmasi va Buxoro şahar hokimligi tomonidan obektning qulagan qismi örab olinib, hududda harakatlanişni taqiqlaş böyiça muhofaza belgilari örnatib çiqildi hamda madrasaning özida doimiy faoliyat yurituvçi ştab taşkil etildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, obidani töliq ta'mirlaş va tiklaş işlari uçun taxminan 6 mlrd söm miqdorida mablağ talab etiladi”, deyiladi xabarda. 

Obidaning umumbaşariy qiymatini saqlaş, unda tiklaş, restavratsiya va ta'mirlaş işlarini amalga oşiriş böyiça olimlar, restavratorlar va malakali mutaxassislar tomonidan örganişlar ötkazilgan holda, zarur çora-tadbirlar belgilanişi haqida hukumatga aniq takliflar yuborilgani aytiladi.