Imtihondan oldin yoşlarda hayajonlar va qörquv bölişi tabiiy. Kun.uz sinov qarşisida stressga tuşayotgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga mutaxassis tavsiyalarini taqdim etadi.

Sir emaski, ba'zi holatlarda öta kuçli hayajonlaniş abituriyentda bilgan savollariga ham javob bera olmaslik, texnik xatolarga yöl qöyiş kabi holatlarni boşlab keladi. Kuçli stress, qöllarning qaltiraşi kabilar imtihonda bor imkoniyatlaridan foydalana olmaslikka, fikrlar çalğişiga olib keladi. Bu esa imtihon natijalariga ta'sir qilmay qolmaydi.

Psixolog: “Imtihondan 1-2 kun avval öqişni töxtatgan ma'qul”

Psixolog Rozaliya Gabdulhakova

Psixolog Rozaliya Gabdulhakova abituriyentlar yöl qöyadigan katta xatolardan biri – tayyorgarlikning sönggi kunlarida, ya'ni imtihondan oldingi kunlarda mukkasidan ketib öqiş ekanini aytdi.

“Imtihonga yaqin qolganda köp öqiş deyarli heç narsani özgartirmaydi, aksinça çarçagan va zöriqqan miya imtihonda pand berişi mumkin. Şuning uçun imtihondan 1-2 kun avval öqişni töxtatgan ma'qul.

Bir kun avval töyib uxlaş kerak. Buning uçun telefondan voz keçib, qoronğiroq va sokin xonada dam oliş kerak. Şuningdek, yetarliça dam oliş uçun öy-xayollarni ham töğri yönaltiriş talab qilinadi. Kelajak orzular, yaxşi rejalar haqida öylaş foydali böladi.

Imtihon kuni qilinadigan işlarni, albatta, rejalaştiriş kerak, çunki qaysi transportda boriş, vaqt taqsimoti sabab ham kelib çiqişi mumkin bölgan ayrim muammolar bolaning kayfiyatiga ta'sir qiladi. Şunaqa muammolar uçramasligi uçun qaysi vaqtda uyğoniş, nonuştaga qança vaqt, yölga qança vaqt ketişini hisoblab harakat qiliş abituriyentni xotirjam qiladi.

Imtihonga borganda öşa muhitga könikiş uçun biroz vaqt kerak. Şuning uçun imkon qadar ertaroq borişga harakat qiliş lozim. Joyga örganib, moslaşiş hayajonni bosiş, xotirjam bölişda yordam beradi. Test vaqtida boşqalarga e'tibor bermaslik, nafas olişni bir tekis yölga qöyiş xotirjam bölib, kerakli ma'lumotlarni işga solişga yordam beradi.

Testdan oldin ham xayolga kelgan turli keraksiz öylar, fikrlarni çeklab faqat yaxşi narsalar, yorqin kelajak haqida öylaş kerak. Şunday muhim jarayon oldidan abituriyent atrofidagi har bir holat hisobga olinişi yaxşi natija beradi”.