Kaliforniyadagi örmon yonğini 110 ming gektardan ortiq hududga tarqaldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, Dixie deb nomlangan yonğin 14 iyulda Byutt va Plyumas okruglarida boşlangan. Olov bir neça kun içida 100 ming gektar maydonni qamrab olgan.

Hozirga qadar yonğinning 35 foizi öçirilgan. Kuçli şamol va hudud relefining murakkabligi olovni öçirişga xalaqit beryapti. Sinoptiklarning taxminiga köra, jazirama va quruq havo yonğin yanada kengroq hududga tarqalişiga olib keladi.

Ma'lumot berilişiça, yonğin 67 ta uyni yöq qilgan.