Andijon şahrining Piyozpoya mahallasida yaşovçi Nabibullayevlar xonadoni AQŞning Kaliforniya ştatidan kelin tuşirdi.
Kelin – ingliz millatiga mansub Tina Livingston andijonlik yigit Saidmurodxon Nabibullayev bilan nikohlandi.

Kelin-kuyov Rossiyaning Yekaterinburg şahridagi oliy ta'lim dargohida öqiş davomida tanişib, bir-biriga köngil qöygan. Kelin Saidmurodning taklifiga binoan Özbekiston fuqaroligini olib, Toşkentdagi ta'lim muassasalaridan birida iş boşlagan. Tina Livingstonga endilikda Oyşaxon deb ism berişdi.













