Afğoniston özbeklar jamiyati yetakçisi, marşal Abdul-Raşid Döstum Turkiyada uzoq vaqt davolanib, mamlakatga qaytdi. Bu haqda TOLOnews xabar bermoqda.
Döstum iyun oyining ikkinçi yarmida Afğonistonni tark etgandi. Ba'zi ommaviy axborot vositalarini uning mamlakatdan çiqib ketgani hayron qoldirdi, sababi şu vaqtda turli viloyatlarda, şu jumladan özbeklar yaşaydigan şimoliy viloyatlarda «Tolibon» harakatining keng kölamli hujumi boşlandi.
Şu bilan birga, marşalning rasmiy vakillariga tayanib xabar berilişiça, Döstum rasmiy taşrif bilan Turkiyaga borgan va rejali davolanişda bölgan - unda qandli diabet bilan jiddiy muammolari borligi aytilgan.
1990-yillarda Döstum toliblarga qarşi kuraşda nisbatan muvaffaqiyatli natijalarga erişgan öz armiyasini boşqargan. AQŞ armiyasi 2001 yilda Afğonistonga kirganida aynan unga yordam körsatgan.
Ötgan yilning sentyabr oyida Döstum Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş assambleyasi yalpi majlisidagi nutqidan keyin «Özbek tilim, millatim, faxrim» deb nomlangan maqolasini e'lon qildi.
Marşal Özbekiston prezidentining nutqini «tarixiy voqea» deb atadi va Afğoniston mojarosini hal qilişda Özbekistonning iştiroki «ijobiy natijalar berişiga» işonç bildirdi.












