Statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, örik eksporti ötgan yilning mos davriga nisbatan soliştirilganda 48,1 ming tonnaga kamaygan.
Joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida örik asosan Qozoğiston (4 ming tonna), Rossiya (3,1 ming tonna) va Qirğizistonga (1,4 ming tonna) eksport qilingan.
Ma'lumot uçun, 2021 yilga qadar örik mevalar orasida eng tez ösib borayotgan Özbekiston eksport mahsuloti bölib, uning miqdor körsatkiçi har yili deyarli bir yarim baravar oşgan.
Joriy yilda uşbu meva eksporti kamayişiga asosiy sabab sifatida fevral oyi oxiri va mart oyi örtalarida respublika hududlariga tösatdan kirib kelgan sovuq havo oqimini körsatiş mumkin. Bu danakli mevalar, ayniqsa, örik hosiliga katta zarar yetkazdi.
2020 yil Özbekistondan örik eksporti rekord darajadagi 74,5 ming tonnani taşkil etgan. Undan avvalgi yillar körsatkiçi esa quyidagiça: 2019 yil – 58 ming tonna, 2018 yil – 43 ming tonna, 2017 yil – 23 ming tonna.
2020 yilda Özbekiston örik eksporti hajmi böyiça jahonda ikkinçi örinni egallagan. Birinçi örin Ispaniyaga tegişli bölib, uşbu mamlakat 2020 yilda taşqi bozorlarga 96 ming tonna örik eksport qilgan. Ötgan yili Özbekiston uşbu meva eksporti hajmi böyiça ilk bor hatto Turkiyadan ham ustun kelgan.












