«Pragmatik taşqi siyosat» - Ekspert bilan Markaziy Osiyo muammolari va ularni hal qilişda Özbekistonning örni haqida suhbat
|00:42 / 06.08.202129 48319 min
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov Turkmanistondagi sammit arafasida Kun.uz muxbiri bilan suhbatda mintaqada hal qilinmay qolayotgan masalalar, Afğoniston, katta öyinçilarning iştiroki, iqlim muammolari va istiqboldagi imkoniyatlar haqida söz yuritdi.
Anvar Nosirov
— Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarimiz qay darajada? 2016 yilgaça va undan keyingi ötgan beş yil içida özaro aloqalarimiz orasida tafovutlar nimalarda körinadi?
— Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda osoyiştalik hamda barqaror taraqqiyotga erişiş yölida amalga oşirilayotgan faol taşqi siyosat, mintaqada xavfsizlikni ta'minlaş borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Özbekiston bugun yaqin qöşniçilik, döstlik tamoyillariga tayangan holda faol va pragmatik siyosat olib bormoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi tufayli mintaqa mamlakatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik aloqalari jadal sur'atlarda rivojlanib boryapti. Şuningdek, energetika, suv va ekologiya masalalarida özaro manfaatli munosabatlar rivojlanmoqda. Tarixan qisqa vaqt mobaynida Markaziy Osiyoda prinsipial jihatdan mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi.
Buning aniq natijasi sifatida Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahatlaşuv uçraşuvlari taşkil etilgani aytiş mumkin. Mazkur uçraşuv doimiy muloqot maydoniga asos soldi, mintaqada xavfsizlik, barqaror rivojlanişni ta'minlaşga xizmat qilib kelmoqda. Joriy yilning 6 avgustida Turkmanistonning «Avaza» milliy turistik hududida taşkil etilayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat uçraşuvining navbatdagi yiğilişi doirasida ötkazilayotgan Markaziy Osiyo yetakçi ayollari muloqoti va mintaqa Iqtisodiy forumi, milliy mahsulotlar körgazmasi, milliy taomlar festivali hamda san'at ustalarining tantanali konserti Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammitining yangi bosqiçga çiqqanidan dalolat beradi.
Siyosiy aloqalarning faollaşuvi iqtisodiy munosabatlar rivojlanişiga ham turtki böldi. Qöşni mamlakatlar bilan savdo-sotiq rivojlanişi mintaqaning investitsion jozibadorligi oşişiga zamin yaratmoqda. 2020 yil yakuniga köra, mintaqaga kiritilgan jami xorijiy sarmoyalar qiymati 37 milliard dollarni taşkil etib, 2016 yilga nisbatan 40 foizga oşdi. Bu raqamlar qisqa muddatda qançalik ösişga erişilganini yaqqol ifoda etadi.
Mavzuga oid
Özbekiston mintaqa mamlakatlari, xususan, Tojikiston va Qirğiziston bilan eng nozik masalalar yeçimida, ayniqsa, davlat çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş borasida pragmatik yondaşib, tarixiy kelişuvlarga erişmoqda.
Qöşni mamlakatlar çegaradoş hududlari darajasida aloqalar kengayib borayotgani, xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan faol foydalanilayotgani ham mintaqa davlatlari munosabatlarini mazmunan boyitmoqda.
Sönggi yillarda Özbekiston transçegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalaniş masalasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan maxsus komissiya tuzildi. Hozirgi kunda suv xöjaligi böyiça mavjud bölgan transçegaraviy suv resurslaridan foydalanişga aloqador barça muammolar özaro manfaatli qarorlar asosida yeçimini topmoqda.
— Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida hal qilinmay qolayotgan qanday strategik masalalar mavjud?
— Hozirgi davrda Markaziy Osiyo ba'zi mamlakatlari orasida delimitatsiya va demarkatsiya masalalari öz yakuniga yetmagani, iqtisodiy sohalarda çeklovlar saqlanib qolayotgani, özaro savdo aylanmasida tomonlar uluşining kamligi, qöşma sanoat loyihalari yetarli emasligi mintaqaviy hamkorlikning rivojlanişiga ma'lum darajada öz salbiy ta'sirini körsatmoqda.
Hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlarining özaro savdo aylanmasi, ularning umumiy taşqi savdosining 10 foizini taşkil etadi. Vaholanki, bu körsatkiç Yevropa ittifoqi davlatlarida 60 foizga, Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi taşkilotida 68 foizga teng.
Şu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlarida foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjud. Jumladan, mintaqalararo tovar ayirboşlaş hajmini, ayniqsa, tayyor mahsulotni köpaytiriş istiqbollari katta. Boston xalqaro konsalting kompaniyasi hisobotiga köra, Markaziy Osiyoning kelgusi 10 yil mobaynida töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş salohiyati 170 milliard dollarga teng, şu jumladan, 40-70 milliard xomaşyo sektori bilan boğliq bölmagan sohalarga jalb qilinişi mumkin.
BMT ma'lumotlariga köra esa samarali iqtisodiy hamkorlikni yölga qöyiş Markaziy Osiyo davlatlarining YaIM hajmini (2020 yilda 291 mlrd dollar) ikki barobar oşiriş imkonini beradi.
— Afğonistondagi siyosiy vaziyat keskinlaşuvi Markaziy Osiyo davlatlari uçun qanday iqtisodiy va siyosiy muammolarni keltirib çiqarişi mumkin?
— Markaziy Osiyo mamlakatlarining manfaatlari mintaqada xalqaro transport yölaklari va xalqaro transport infratuzilmasini birgalikda yaratişga mos keladi, bu esa mintaqa mamlakatlaridan jahon bozorlariga eksport mahsulotlarini yetkazib berişda transport xarajatlarini kamaytirişga yordam beradi. Afğonistondagi siyosiy vaziyatning keskinlaşuvi uşbu maqsadlarga erişişni keçiktirişi mumkin.
Xususan, Afğoniston transport koridori deb atalmiş «Termiz - Mozori Şarif - Kobul - Peşovar» temir yöl liniyasini quriş amalga oşirilişi ortga surilişi mumkin.
Afğoniston boğlovçi böğin böliş örniga, «tirbandlik»ka aylanadi, bu yirik iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarga tösqinlik qiladi. Qolaversa, Afğonistonda vaziyat izdan çiqişi – ekstremistik va terroristik guruhlar faollaşuvi, narkotik moddalar noqonuniy aylanişi, gumanitar inqiroz kabi muammolar köçayişiga olib keladi. Qöşni mamlakatda bunday tahdidlar kuçayişi, albatta, mintaqa xavfsizligiga ham salbiy ta'sir körsatadi.
— Markaziy Osiyo mintaqasi uçun eng katta tahdid nima deb hisoblaysiz?
— Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş köp jihatdan mintaqaning iqtisodiy rivojlanişiga boğliq. Şu munosabat bilan mintaqa oldida turgan asosiy tahdidlar sifatida Markaziy Osiyo davlat iqtisodiyotining xomaşyo resurslariga asoslangani, samarali transport tizimi va dengizga çiqiş yöli mavjud emasligi hamda iqlim özgarişining salbiy oqibatlarini aytiş mumkin.
Tahlillar şuni körsatmoqdaki, Markaziy Osiyo davlatlarida xomaşyo eksportning salmoqli qismini taşkil etadi. Markaziy Osiyo davlatlarining transport xarajatlari boşqa davlatlarga nisbatan birmunça yuqori. Masalan, Markaziy Osiyo davlatlaridan Şanxayga bitta konteyner yetkaziş Turkiya va Polşa davlatlariga nisbatan 5 barobar qimmat. Dengizga çiqiş imkoniga ega bölmagan davlatlar eksport daromadlarining 18 foizini transport xarajatlariga işlatişadi. Taqqoslaş uçun, bu körsatkiç rivojlangan davlatlarda 9 foiz.
Iqlim özgarişi bilan boğliq masalalar bugun Markaziy Osiyo davlatlariga jiddiy ta'sir körsatmoqda. Xususan, bugun ekologik sohadagi sel köçişi, çöllaşiş, qurğoqçilik va toşqinlar kabi muammolar kuçayişi oziq-ovqat tanqisligi va gumanitar inqirozni keltirib çiqarişi mumkin.
Ma'lumotlarga köra, sönggi 30 yilda Markaziy Osiyoning ekologik muammolardan körgan zarari 10 mlrd dollarni taşkil etadi, aziyat çekkan aholi soni 10 mln kişiga teng. Tabiiy ofatlardan körilayotgan zararlar bugun mintaqa yalpi içki mahsulotining qariyb 2 foizini taşkil qilmoqda.
Şu munosabat bilan, hurmatli prezidentimiz tomonidan birinçi va ikkinçi maslahat uçraşuvlarida ilgari surilgan mintaqaviy iqtisodiy forum taşkil etiş, sanoat kooperatsiyasini va investitsiya sohasida hamkorlikni rivojlantiriş, transport sohasida mintaqaviy kengaş tuziş, ekologik muammolarni hamkorlikda bartaraf etiş mexanizmlarini işlab çiqiş kabi taşabbuslar aynan yuqoridagi muammolarni hal etişga qaratilgan.
— Tojikiston va Kirğiziston örtasida yaqinda kuzatilgan ziddiyatlar ikki mamlakat munosabatlaridagi sovuqlaşuvning birinçisi emas. Aytingçi, bu muammolarning mutlaq yeçimi bormi?
— Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erişgaç, barçalari çegara muammolariga duç kelişgan, jumladan, Özbekiston ham. Çegara muammolari ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta'sir körsatuvçi asosiy omillar bölgani sababli mintaqa davlatlari bor imkoniyatlarini uşbu muammoni imkon qadar tez yeçişga harakat qilişmoqda.
Özbekiston mintaqadagi muammolarning barçasini özaro manfaatlarni inobatga olgan holda va tinçlik asosida yeçiş tarafdori. Qirğiziston va Tojikiston örtasidagi çegara muammolari yuzasidan Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bayonotida ham aynan şunday çaqiruvlar mavjud.
Çegara muammolarining mutlaq yeçimiga keladigan bölsak, albatta buning imkoni bor. Buni Özbekistonning Tojikiston va Qirğiziston bilan çegara masalalari böyiça olib borilayotgan muzokaralari natijalarida ham köriş mumkin.
Qirğiziston va Tojikiston ham bugun çegara muammosini hal qiliş uçun bor imkoniyatlarini safarbar qilyapti. Xususan, çegara masalari böyiça ikki tomonlama komissiya faoliyati 2019 yilda tiklandi (2006 yil tuzilgan), çegara muammosini hal etiş böyiça ikki davlat prezidentlarining uçraşuvlari taşkil etildi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda şuni aytiş mumkinki, Markaziy Osiyo davlatlari özaro hamjihatlik, yaxşi qöşniçilik, döstlik tamoyillariga asoslangan holda mavjud muammolarni barça tomonlarning manfaatlarini inobatga olgan holda hal eta olişadi.
— Silk Road viza rejimini joriy etiş haqida gapirilgandi. Uşbu loyihani amalga oşiriş jarayoni qanday ketmoqda?
— Turizm iqtisodiyotning rivojlanişida muhim drayver hisoblanadi. Xususan, BMT Xalqaro turizm taşkiloti ma'lumotlariga köra, bugun butun dunyoda har 10 işçi örinning bittasi turizm sohasida taşkil etiladi, xizmat körsatiş eksportining 30 foizi turizm sohasiga töğri keladi. Lekin bu soha Markaziy Osiyoda boşqa davlatlardagiga nisbatan kam rivojlangan.
Boston xalqaro konsalting kompaniyasi ma'lumotiga köra, turizm sohasining uluşi mintaqa davlatlarida YaIMning 1-3 foizini taşkil etadi. Vaholanki bu körsatkiç rivojlangan davlatlarda 10 foizga yetadi.
Şu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. Misol uçun, Özbekistonning faol mintaqaviy taşqi siyosati evaziga Markaziy Osiyoda şakllangan ijobiy muhit natijasida sönggi beş yilda turistlar soni keskin oşdi. 2016-2020 yillarda Markaziy Osiyoga sayohatçilar soni deyarli ikki baravar köpaydi - 9,5 milliondan 18,4 million kişiga.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Markaziy Osiyo davlatlari turizm sohasini rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratişmoqda. Xususan prezidentimiz taklif etgan «Ipak yöli» viza rejimi transmilliy sayyohlik mahsuloti yölidagi tösiqlarni (qöşni davlatlar çegaralarini kesib ötişda viza, bojxona va çegara tösiqlari) yengişga imkon beradi. Amalda, viza olgan çet ellik sayyoh, masalan, Özbekistonda, Qozoğistonga yangi viza olişiga hojat qolmaydi - u avtomatik ravişda bitta safar davomida boşqa mamlakatga taşrif buyuriş uçun noyob imkoniyatga ega böladi.
Öz örnida, 2018 yil avgust oyida Ozarboyjon, Tojikiston, Turkiya va Qirğiziston viza tösiqlarini özaro olib taşlaşga qiziqiş bildirgani ma'lum böldi.
2018 yil noyabrida Qozoğiston va Özbekiston örtasida «Ipak yöli» davlatlari tomonidan viza rejimlarini özaro tan oliş töğrisidagi bitim imzolandi. Hozirda tartibga soluvçi va texnik xarakterdagi masalalarni hal qiliş, şu jumladan axborot tizimlarini birlaştiriş, şuningdek, loyihani birgalikda moliyalaştiriş, yagona konsullik yiğimini aniqlaş va loyihani töliq amalga oşiriş uçun hukumatlararo bitim tuziş yakunlanmoqda. Rejaga köra, tasdiqlaş böyiça işlar şu yil yakunlanadi va ilk loyiha 2022 yilda işga tuşiriladi.
— Katta öyinçilarning (AQŞ, Rossiya, Xitoy, Yevroittifoq) munosabatlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga qançalik ta'sir qiladi?
— Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning rivojlanişi bir vaqtning özida ham içki, ham taşqi omillarga boğliq. Bunga asosiy sabab Markaziy Osiyoning geostrategik joylaşuvi (Şarq va Ğarbni boğlovçi köprik), tabiiy resurslarga boyligi (gaz, uran, oltin), rivojlanib kelayotgan iste'mol bozori (aholi soni 74 mln), hamda xavfsizlik nuqtayi nazaridan Afğoniston bilan çegaradoşligi.
Şu munosabat bilan Markaziy Osiyo doimiy ravişda yetakçi davlatlarning e'tibor markazida bölib kelgan. Tabiiy ravişda mintaqada ularning manfaatlari töqnaş kelgan va kesişgan nuqtalar mavjud.
Albatta, yetakçi davlatlarning Markaziy Osiyoda geosiyosiy qarama-qarşiliklari kuçayişi mintaqaning barqaror rivojlanişiga salbiy ta'sir körsatadi. Şu tufayli Özbekiston Şavkat Mirziyoyev prezident etib saylanganining ilk kunlaridan boşlab, Markaziy Osiyoni özaro manfaatli hamkorlik va rivojlangan mintaqaga aylantiriş yölida faol taşqi siyosat olib bormoqda. Özbekistonning bunday mintaqaviy siyosati yetakçi davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.
Xususan, Rossiya, Xitoy, AQŞ, Hindiston va Yevropa Ittifoqi kabi strategik hamkor davlatlar mintaqaviy jarayonlarni inobatga olgan holda, öz taşqi siyosatiga özgartiriş va qöşimçalar kiritmoqda.
Misol tariqasida, taşqi işlar vazirlari darajasidagi muntazam uçraşuvlar, ya'ni «Rossiya - Markaziy Osiyo», «Xitoy –Markaziy Osiyo», «Hindiston – Markaziy Osiyo», şuningdek, AQŞning Markaziy Osiyo böyiça maxsus strategiyasi va Yevropa Ittifoqining Yangi Markaziy Osiyo strategiyasi qabul qilinişi buning yorqin dalilidir.
— Mintaqa mamlakatlari örtasida integratsiya jarayoni töliq amalga oşmagan. Yaqin kelajakda bu borada qanaqadir iqtisodiy va siyosiy tuzilmalar paydo bölişi mumkinmi?
— Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erişganidan söng, mintaqada bir qança integratsion loyihalar faoliyat olib borgan. Misol tariqasida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati, Markaziy Osiyo hamkorlik taşkiloti va Markaziy Osiyo ittifoqi kabi taşkilotlarni aytiş mumkin. Ammo ular birlaştiruvçi omil böliş örniga Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorlikdan uzoqlaşişiga olib kelgan.
Şu tufayli bugungi kunda Özbekiston Markaziy Osiyoda qandaydir taşkilot tuziş tarafdori emas. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yil Samarqandda taşkil etilgan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik» nomli xalqaro konferensiyada alohida töxtalib ötgandi.
Xususan, prezident Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining özaro maslahatlaşuvlari böyiça uçraşuvlarni muntazam taşkil qiliş taşabbusi bilan çiqib, uşbu format mintaqada umumiy muammolarni hal etiş yöllarini birgalikda izlab topiş maqsadida faoliyat olib borişini, bu örinda gap Markaziy Osiyoda yangi xalqaro taşkilot tuziş yoki öz ustavi va milliy davlat organlaridan ustun turadigan integratsiyalaşuv sohasida qandaydir tuzilma taşkil etiş haqida ketmayotganini alohida ta'kidlagan.
— Köpçilik xalqaro ekspertlar prognozlarida Markaziy Osiyo kelajakdagi çöllaşiş ehtimoli juda yuqori bölgan hudud sifatida tavsiflanadi. Ekologik inqirozga qarşi umumiy hamkorlikda qanaqa çoralar köriş kerak deb öylaysiz?
— Çöllaşiş va yerlarning eroziya bölişi bugun butun insoniyat uçun eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. BMT ma'lumotlariga köra, çöllaşiş 200 mln kişi hayotiga bevosita ta'sir körsatadi. Çöllaşiş jarayonlarining asosiy sababi –iqlim özgarişi va qişloq xöjaligida suv resurslaridan nomutanosib foydalaniş hisoblanadi.
Çöllaşiş Markaziy Osiyo uçun ham jiddiy muammo hisoblanadi. Sönggi 10 yilda mintaqada bahor mavsumining harorati örtaça 0,6 darajaga oşgan. Natijada har yili Markaziy Osiyo muzliklarining 1,5-2 foizi erimoqda. BMT mutaxassislari 2020 yil yakuniga köra Markaziy Osiyoda yerlarning 37 foizi degradatsiyaga uçraganini ma'lum qilişgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda bugun mamlakatimizda ekologik muammolarni hal etiş davlat darajasiga kötarilgan. Xususan, 2020 yil sentyabrda ötkazilgan BMT Boş Assambleyasining 75-sessiyasida prezidentimiz Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e'lon qiliş töğrisida maxsus rezolyutsiya qabul qiliş taklif qilgan. Oradan qisqa vaqt ötib, 2021 yil 18 mayda BMTning «Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e'lon qiliş» töğrisida maxsus rezolyutsiya qabul qilindi.
Özbekiston rahbarining taşabbusi jahon hamjamiyati tomonidan keng qöllab-quvvatlandi. Dunyoning turli mintaqalaridagi 50dan ortiq davlatlar mazkur rezolyutsiyaga hammuallif sifatida iştirok etgani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Orolböyi Boş Assambleya tomonidan «Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi» singari yuqori maqom taqdim etilgan ilk mintaqa böldi. BMT Boş Assambleyasi maxsus rezolyutsiyasining qabul qilinişi yuqori texnologik innovatsiyalar, ekologik toza, energiya va suvni tejovçi texnologiyalar işlab çiqiş va joriy qilişga investitsiyalarni jalb qiliş, «yaşil iqtisodiyot» tamoyillarini majmuaviy qöllaş, çöllaşuv va ekologik migratsiya jarayonlarining oldini oliş, ekoturizmni rivojlantiriş va boşqa çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlarni va rağbatlantiruvçi omillarni şakllantiriş yölidagi sa'y-harakatlarni birlaştirişga xizmat qiladi.
— Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy-siyosiy munosabatlarida prezident Şavkat Mirziyoyevning örni va roli haqida nimalarni ayta olasiz?
— Şavkat Mirziyoyev Özbekiston prezidenti vazifasini bajarişga kirişgan ilk kunlardan mintaqaviy hamkorlikka alohida urğu bergan. Xususan, 2016 yil 8 sentyabrda Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi qöşma majlisida Markaziy Osiyo Özbekiston taşqi siyosatining ustuvor yönalişi sifatida belgilanganini alohida aytgan.
Prezidentimiz boşçiligida olib borilayotgan pragmatik taşqi siyosat natijasida bugun Markaziy Osiyo siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda fundamental özgarişlar kuzatilmoqda. Heç şubhasiz bu prezidentimizning Markaziy Osiyoda davlatlararo munosabatlarni rivojlantiriş böyiça mutlaqo yangi bölgan «muammodan qoçiş emas uning yeçimini topiş», «har qanday muammo yuzasidan muloqot qiliş», «xavfsizlikning bölinmasligi, uni samarali ta'minlaşning asosi hamkorlik ekanligi» kabi yondaşuvlarining natijasi hisoblanadi. Bu töğrisida Markaziy Osiyo masalalari bilan şuğullanadigan dunyoning yetakçi ekspertlari va davlat arboblari juda köp ijobiy fikr bildirişgan.
Şu örinda, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning prezidentimizning uşbu mamlakatga taşrifi çoğida aytgan fikrlarni yodga oliş joiz. U zamonaviy Özbekiston va Tojikistonning har tomonlama strategik munosabatlariga ta'rif berar ekan, Şavkat Mirziyoyevni uning «taşabbuskori va arxitektori» deb atagan.
Heç mubolağasiz, Şavkat Mirziyoyev nafaqat özbek-tojik munosabatlarining, balki Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining zamonaviy munosabatlarining «taşabbuskori va arxitektori» hisoblanadi.