Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida yaşovçi ayol öz xonadonida köp miqdorda kannabis giyohvandlik ösimligini östirib kelayotgani aniqlangan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Milliy gvardiya Kitob tumani qöriqlaş bölimi, DXX va IIBning xodimlari hamkorligida tumanda «Qoradori-2021» profilaktik tadbirlari ötkazilgan. Tadbir davomida tumandagi «Şarq yulduzi» MFYda yaşovçi,1979 yilda tuğilgan G.I. ismli ayol xonadoni közdan keçirilganda, hovlisidagi issiqxonada 63 tup kannabis giyohvandlik ösimligini qonunga xilof ravişda yetiştirib kelayotgani aniqlangan. Giyohvand ösimliklar xolislar iştirokida rasmiylaştirib olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoiy iş qözğatilgan. Hozirda qöşimça suriştiruv işlari olib borilmoqda.