«Özbekiston prezidenti Sadir Japarovni ilk bor Maslahat uçraşuvida iştirok etayotgani bilan çin dildan qutladi va bu köp tomonlama muloqot maydoni mintaqamiz farovonligi yölida mamlakatlarimiz sa'y-harakatlarini birlaştirişga xizmat qilişini ta'kidladi.
Uçraşuvda, avvalo, joriy yil 11-12 mart kunlari Qirğiz Respublikasi Prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlar ijrosining borişi batafsil muhokama qilindi.
Yil boşidan buyon tovar ayirboşlaş hajmi qariyb 10 foizga ortib, 425 million dollardan oşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Iqtisodiyotning ustuvor yönalişlarida, xususan sanoat, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, maşinasozlik va boşqa tarmoqlarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş boşlab yuborilgan. Faol madaniy-gumanitar va hududlararo almaşinuv olib borilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Energetika sohasidagi hamkorlik, xususan, Qambarota-1 gidroelektr stansiyasini birgalikda quriş masalalari ham körib çiqilgan.
Davlat rahbari «Özbekiston – Qirğiziston – Xitoy» temir yöli strategik ahamiyatga ega ekani, uni quriş böyiça muzokaralarni jadallaştiriş muhimligini ta'kidladi.
Qirğiziston prezidenti Özbekistonning mintaqada samarali va özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş borasidagi amaliy sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Davlat rahbarining Markaziy va Janubiy Osiyo hamkorligini rivojlantiriş borasidagi taşabbuslari mintaqamizning qardoş xalqlari manfaatlariga xizmat qilişini ta'kidladi.
Barça sohalardagi aloqalarni izçil rivojlantiriş uçun oliy va yuqori darajadagi muloqotni muntazam davom ettirişga kelişib olindi.
Uçraşuvda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatiga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.
















