Xususan, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Xalqaro valuta fondi hamkorligida tayyorlangan ma'lumotlar bazasida koronavirusga qarşi vaksinalarning hududlar va davlatlar böylab tarqalişi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Ma'lum qilinişiça, bu ma'lumotlar bazasi davlatlarning vaksina işlab çiqaruvçi korxonalar bilan tuzgan ikki tomonlama şartnomalari, davlatlarning yuborgan yordamlari (boşqa davlatlarga), COVAX, Osiyo taraqqiyot banki va boşqa köp tomonlama şartnomalar orqali tarqatilayotgan/sotilayotgan vaksinalar sonini kuzatib boriş imkonini beradi.
Raqamlar COVAX, UNICEF, Duke global salomatlik innovatsion markazi, Our World in Data, Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot banki, African Vaccine kabi nufuzli taşkilotlar tomonidan e'lon qilingan oçiq ma'lumotlarga asoslanadi.
Hamkorlar, şeriklar va yetkazib beruvçi davlatlar va korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari va hududlardagi immunizatsion vaziyatdan kelib çiqib, bu raqamlar özgarib turişi mumkin. Şulardan kelib çiqib, ma'lumotlar bazasi har hafta yangilab turiladi.
Mutlaq ustunlik rivojlangan davlatlarda
Bazada keltirilgan raqamlarga e'tibor qaratilsa, deyarli barça Yevropa mamlakatlari, Şimoliy va Janubiy Amerika davlatlari, Janubi-şarqiy Osiyo davlatlari va Avstraliya öz aholisiga 100 foiz yetib, ortib qoladigan vaksina zaxiralariga buyurtma bergan yoki allaqaçon qölga kiritgan.

Xususan, bu borada Kanada yaqqol yetakçilik qilmoqda. 37 million atrofida aholiga ega mamlakat işlab çiqaruvçilar bilan 154 milliondan ortiq vaksina yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişgan. Bu aholini 412 foiz vaksinalaşga yetadi.
Keyingi örinda Yangi Zelandiya. Hukumat 4,8 million aholi uçun 16 milliondan ortiq vaksinaga buyurtma bergan – 335 foiz.
Kuçli uçlikdan Italiya ham joy olgan. 60 milliondan biroz oşadigan italyanlar uçun 200 million dona vaksina buyurtma qilingan. Bu mamlakat aholisini 332 foiz vaksinalaşga yetadi.
Şuningdek, AQŞ 300 milliondan ortiq aholisi uçun 800 million dona vaksina buyurtma qilgan bölsa, Germaniya 83 million aholisi uçun 244 million dona vaksina buyurtma qilgan.















