Xitoyning Xiaomi kompaniyasi iyun oyida ilk bor smartfon sotiş böyiça dunyoda yetakçiga aylandi. Bu haqda Counterpoint tadqiqot kompaniyasi xabar berdi.
Xiaomi smartfonlari sotuvi ötgan oydagiga nisbatan 26 foizga ösdi. Natijada kompaniyaning dunyo smartfon savdosidagi uluşi 17,1 foizni taşkil etdi.
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 15,7 foiz uluş bilan ikkinçi, Apple 14,3 foiz uluş bilan uçinçi örinni egalladi.
«Huawei sotuvi pasayişi bilan Xiaomi bu böşliqni egallaşga qat'iy harakat qildi», — dedi Counterpoint tadqiqotlar böyiça direktori Tarun Patxak.
Uning sözlariga köra, kompaniya Xitoy, Yevropa, Afrika hamda Yaqin Şarq bozorlarini egallagan.
Xiaomi ikkinçi çorakda smartfon sotuvi böyiça dunyoda ikkinçi örinni egallagandi.












