Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya kelajakda Qrimga nisbatan amalga oshirgan harakatlari uchun pushaymon bo‘lishini aytdi.

«Rossiya tarixi Qrim borasidagi qadamlari va qarorlari uchun yig‘laydi», — deb ta'kidladi u «Dom» telekanaliga bergan intervyusida.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Qrim ukrainlar va rossiyaliklar munosabati yomonlashishiga sabab bo‘lgan «ilk gugurt cho‘pidir».

U avvalroq Donbassni Rossiyaning bir qismi deb hisoblaydiganlarni Rossiyaga ko‘chib ketishga chaqirgandi.

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, Donbass «hech qachon Rossiyaning bir qismi bo‘lmaydi».