Toşkent viloyati Ohangaron şahrida pandemiya şaroitida aholining iste'mol talabi yuqori bölgan dori vositalarini qimmat narxlarda ötkaziş orqali daromad orttirişni közlagan fuqarolar uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma'lum qildi.

Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DBQning Toşkent viloyati boşqarmalari tomonidan Ohangaron şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda, S.A. va D.X. ismli fuqarolar pandemiya şaroitida aholining iste'mol talabi yuqori bölgan dori vositalarini qimmat narxlarda ötkaziş orqali daromad orttirişni közlab, xorijda işlab çiqarilgan 7 xil turdagi, jami 2 098 quti «Geparin», “Enoksaparin», «Tseftriakson», «Favipiravir», «Remdesivir», «Bakterazon» va «Deksametazon» nomli dori vositalarini xaridorga 160 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Baholaş ekspertizasi xulosasiga köra, uşbu dori vositalarining umumiy narxi 80,3 mln sömni taşkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan taşqarida realizatsiya qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.