Afğoniston şimolidagi Juzjon viloyati tölaligiça «Tolibon» harakati nazoratiga ötdi. Bu haqda Juzjon gubernatori örinbosari Abdul Qodir Maliyga tayanib Pajhwok Afghan News agentligi xabar berdi.

Uning sözlariga köra, hukumat kuçlari viloyat markazi Şibirğon şahridan 15 kilometr masofaga çekingan. 

Bundan taşqari, agentlik manbasining xabar qilişiça, Juzjon qamoqxonasi boşliği polkovnik Munavvar Umariy öldirilgan.

Avvalroq toliblar Şibirğon şahri ustidan nazorat örnatgani haqida xabar qilingandi.