Yuqorida qayd etilgan salbiy holat böyiça kengroq fikr beriş maqsadida avvalo «populizm» tuşunçasi va deputatning öz elektorati oldidagi asosiy vazifalari haqida gaplaşsak.

1. «Populizm» nima özi?

Populizmga turli xil ta'riflar berişga urinişlar bor, ularni jamlagan holda populizmning quyidagi asosiy jihatlarini bayon etiş maqsadga muvofiqdir:

  • aholining tahlil qiliş salohiyati kamligidan öz maqsadlarida foydalaniş;
  • aholining mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişining real holatidan bexabarligini bilgan holda şaxsiy manfaatlarini röyobga çiqarişga intiliş;
  • ğoya va fikrlarni umumiy tarzda bayon etiş, aniq va konkretlikdan özini olib qoçiş, noreal va amalga oşişi imkoni yöq, lekin şu bilan birga aholiga yoqadigan takliflarni ilgari suriş;
  • xalqning hissiyotlari bilan öynaşiş orqali özining siyosat olamida maşhurligini ta'minlaş.

Xorijiy tajriba va amaliyotga nazar taşlasak, siyosiy populizm salbiy oqibatlarga olib kelişi ta'kidlanadi. Xususan, rossiyalik maşhur iqtisodçi olim va Yevropa populizm tadqiqotlari tarmoğining koordinatori S. Guriyev fikriga köra: «Populistlar mamlakatdagi iqtisodiy muammolardan, şu jumladan işsizlik, aholining real daromadlari pastligi va jamiyatning ijtimoiy tabaqalanişi holatlaridan foydalangan holda jamoatçilik quloğiga yoqadigan fikrlarni va va'dalarni beradilar va amaldagi boşqaruv tizimini tizimli ravişda tanqid qiladilar».

AQŞning Stenford universiteti olimlari olib borgan tadqiqotlarga köra populizm – demokratiyani xavf ostiga qöyadigan siyosiy muammo hisoblanadi. Uşbu universitet siyosatşunosi A. Gjimala-Busse ta'kidlaşiça, populistlar rasmiy institutlar va funksiyalarni obrösizlantirsa, demokratiyaning asoslari buzilişiga olib keladi.

Agar uşbu nazariya orqali bugungi voqeligimizga qarasak, qiziq faktlarga duç kelamiz.

Misol uçun, bitta deputat mamlakatdagi real ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatni har tomonlama tahlil qilmasdan, bola 2 yoşga tölguniga qadar uni parvariş qiliş nafaqasini oilaning moddiy holatidan qat'i nazar barçaga, ya'ni boy oilalarga ham berilişini ilgari surdi.

Albatta, uşbu taklif aholiga ma'qul keladi va yoqadi, menga ham yoqadi. Qani endi har bir voqea uçun davlat aholiga pul tarqataversa, bu zör-ku, buni qöllab-quvvatlamaydigan odamning özi yöq Yer şarida.