«Yaqinda yurtimiz jamoatçiligi, ayniqsa jurnalistlar hamjamiyati orasida katta rezonans keltirib çiqargan bir voqea haqida bir neça söz aytmoqçiman. Gap, barçangizga ma'lum bölganidek, Qalampir.uz jurnalistiga qarşi uyuştirilgan tazyiq haqida ketmoqda. 

Inson şa'niga, qadr-qimmatiga putur yetkaziş, uni obrösizlantiriş, tuhmatdan iborat feyklarni tarqatişda ifodalangan uşbu jirkanç holatni heç narsa bilan oqlab bölmaydi. Ayniqsa, bunday xatti-harakatlar prezidentimiz «Qörqmanglar, ortingizda men turibman!» deb aytgan jurnalistlarga nisbatan sodir etilayotgani jiddiy taşvişga soladi.

Men yana bir bor işontirib aytamanki, jurnalistlar va ularning professional faoliyati qonun himoyasida, prezident matbuot kotibi sifatida mening va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining doimiy e'tiborimizda. Jurnalistga tazyiq körsatiş holatlarini, ayniqsa bunday xunuk urinişlarni hurmatli prezidentimiz şaxsan özlari kafolatlayotgan söz erkinligiga tahdid sifatida qabul qilamiz.

Şu munosabat bilan huquq-tartibot organlarini tez fursatda uşbu holatni sinçkovlik bilan örganişga, aybdorlarga qonuniy çora körişga çaqiraman.

Şunday axborotlarni tarqatuvçilarga aytar gapim – bizning huquq-tartibot organlari imkoniyatlarini sinamanglar!» dedi Şerzod Asadov bu masalaga alohida töxtalib.

Eslatib ötamiz, 7 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qalampir.uz naşri boş muharriri örinbosari Feruza Najmiddinovani obrösizlantiruvçi mediamaterial tarqatildi. Şu kuni ijtimoiy tarmoqlar jurnalistga dalda beruvçi murojaatlar bilan tölib-toşdi. Uni hamkasblari va davlat organlaridan taşqari, prezident Şavkat Mirziyoyevning tönğiç qizi Saida Mirziyoyeva ham qöllab-quvvatladi.