Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida elektr stansiyalar quriladi. Bu Prezidentning 24.07.2021 yildagi PQ-5193-son qarori (1), PQ-5195-son qarorida (2) nazarda tutilgan.
Hujjatga (1) asosan, "Stone City Energy" kompaniyasi (Niderlandiya) kompaniyasi 1,2 mlrd dollarga teng bölgan Surxondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt bölgan buğ-gaz elektr stansiyasini 25 yil davomida quriş investitsiya loyihasini amalga oşiradi.
Loyihani amalga oşiriş maqsadida "SCE Quvvat" MÇJ (loyiha kompaniyasi) taşkil etilgan. Quriliş davridagi öz majburiyatlari lozim darajada bajarilişining ta'minoti sifatida u 30 mln dollar miqdorida bank kafolatini taqdim etadi.
Hujjatga (2) asosan, "Hidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş." (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi Xorazm viloyatida 25 yil davomida quvvati 174 MVt bölgan gaz-porşenli elektr stansiyasini quriş investitsiya loyihasini amalga oşiradi. Loyihani amalga oşiriş maqsadida "Odaş Enerji SA" MÇJ (loyiha kompaniyasi) taşkil etilgan. Quriliş davridagi öz majburiyatlari lozim darajada bajarilişining ta'minoti sifatida u 1,3 mln dollar miqdorida bank kafolatini taqdim etadi.
Hujjatlar bilan “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va loyiha kompaniyalari örtasida investitsiya loyihalari doirasida Elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitim ham ma'qullangan, ularga muvofiq:
- loyiha kompaniyalari işlab çiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda "Özbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ timsolida yagona xaridorga sotiş majburiyatini olgan;
- "Özbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qiliş majburiyatini oladi va elektr energiyasi uçun tölovni milliy valutada amalga oşiradi;
- "Özbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ elektr energiyasini 3 oy mobaynida sotib olişni qoplaş uçun majburiyatlar bajarilişining ta'minoti sifatida loyiha kompaniyalari foydasiga çet el valutasida imtiyozli, qoplanmaydigan şarsiz bank kafolati taqdim etadi.












